Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya armiyasiga chaqirishsa, migrantlar qanday yo‘l tutishi kerak?
Shu kunlarda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayrim migrantlarga armiyaga chaqiruv qog‘ozlari kelgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Shuningdek, mehnat migrantlari va jazoni o‘tayotgan mahkumlarni Rossiya armiyasi saflariga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot qilinayotgani to‘g‘risida ham xabarlar kelmoqda. Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari o‘zlarini Rossiya armiyasiga jalb etish uchun targ‘ib qilinayotgan bo‘lsa yoki ularga chaqiruv qog‘ozi kelgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak? Bu bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent F.Primov ma’lumot berdi.

Rossiya armiyasida xizmat qilish mumkin emas

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154.1-moddasiga ko‘ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Bundan tashqari, yollanish uchun ham Jinoyat kodeksining 154-moddasida javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra, yollanma askar bo‘lganlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Bunday javobgarlik boshqa davlatlar (xususan, qo‘shni davlatning) Jinoyat kodeksilarida ham belgilangan. Masalan, Tojikiston Jinoyat kodeksining 401.1-moddasiga ko‘ra 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 416-moddasiga ko‘ra 7 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi, Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 162.1-moddasiga ko‘ra esa 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan. O‘zbekiston fuqarolari faqat O‘zbekiston armiyasida xizmat o‘tashlari mumkin.

Migrantlar qanday yo‘l tutishi kerak?

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, boshqa davlat fuqarolari shu jumladan, Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini armiya saflariga majburan jalb etish nazarda tutilmagan. Sodda qilib aytganda, Rossiyadagi migrantlar Rossiya armiyasida xizmat o‘tashga majbur emas.

Shuningdek, Rossiyada yaqinda e’lon qilingan qisman safarbarlik toifasiga O‘zbekiston fuqarolari kirmaydi. Demak, fuqarolarni ushbu nizoli hududlarga majburiy ravishda olib ketish mumkin emas. Agarda armiya saflariga targ‘ib qilinayotgan bo‘lsa, bunday targ‘ibotlarchilardan, yaxshisi, uzoqroq yurgan ma’qul. Buning imkoni bo‘lmasa, armiyaga borishga hech qachon rozilik bildirish kerak emas. Hatto qandaydir rozilik bildirganga o‘xshagan harakatlarni ham sodir etmaslik kerak.

Patent va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda hujjatlarni diqqat bilan o‘qib, mazmunini tushunib keyin imzolash kerak. Agarda harbiy xizmatga, armiya saflariga jalb etish bilan bog‘liq hujjatlar bo‘lsa, ularni zinhor imzolamaslik kerak.

O‘zbekiston fuqarosiga armiyaga chaqiruv qog‘ozi kelgan bo‘lsa, vaziyatga oydinlik kiritish kerak. Chaqiruv qog‘ozi yuborilgan harbiy komissariatga tashrif buyurib, O‘zbekiston fuqarosi ekanini bildirib qo‘yish va harbiy ro‘yxatdan chiqarishni talab qilish kerak.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, Rossiyadagi migrantlarni hech kim majburlab armiya saflariga jalb qilishga haqli emas. Aldovlar, turli va’dalarga ishonmaslik kerak. Agarda do‘q-po‘pisa qilish, qo‘rqitish, shantaj qilish va boshqa majburiy bo‘lgan yo‘li bilan armiya saflariga jalb etishga urinayotgan bo‘lsa, unda ham qo‘rqmaslik kerak va takliflarni rad etish hamda O‘zbekistonning elchixona va konsullik idoralariga, advokatga yoki huquqiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxslarga murojaat qilish lozim.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 706 | Рейтинг: 0| Рейтинг: migrantlar, yo‘l, chaqirish, Qanday, Kerak, Rossiya, tutishi, armiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное