Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida — NYT

Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirishga hali tayyor emas, ammo harbiy operatsiyaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida, deb yozadi The New York Times Ukraina qo‘mondonligidagi manbalarga tayanib.

Xususan, nashr suhbatdoshlari so‘nggi ikki hafta ichida Qrimga 10 mingga yaqin rossiyalik harbiyning o‘tkazilgani va yarimorolda joylashgan bo‘linmalarning bir qismi yuqori jangovar shay holatga keltirilganini qayd etdi. Shuningdek, Ukraina qo‘mondonligidagi manbalar Qrimga Rossiya gvardiyasining bo‘linmasi yuborilganidan xavotir bildirgan, ularning fikricha, bo‘linmadan bosib olingan hududni nazorat qilish uchun foydalanilishi mumkin.

Nashrga intervyu bergan tahlilchilarning ta’kidlashicha, Qrimdan tashqarida, Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda harbiy amaliyotga “darslik kabi” tayyorgarlik ko‘rilmoqda — kasalxonalar va aloqa tizimlarini joylashtirish, dushmanning radioelektron vositalariga qarshi choralar ko‘rish, aviatsiya va qo‘shimcha harbiy qismlarni joylashtirish kabi.

Mutaxassislarning fikricha, Rossiya harbiy amaliyotga tayyorgarlikni bir necha hafta ichida yakunlashi mumkin. Chegaralar yaqinida Rossiyaning yetarli miqdordagi qo‘shinlari bor, biroq ta’minot liniyalari va boshqa infratuzilmalar to‘liq qurilmagan, deya ta’kidlagan ular.

Shu bilan birga, nashrning ham Ukraina qo‘mondonligidagi, ham ekspertlar o‘rtasidagi suhbatdoshlarining fikricha, Rossiya Ukraina bilan chegara yaqinida qo‘shinlarini joylashtirish orqali aynan qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani haligacha noaniq.

Bir necha oydan buyon G‘arb siyosatchilari va ommaviy axborot vositalari Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi yaqinida harbiy kuchlar to‘playotgani haqida xabar bermoqda, ularning fikricha, bu bosqinga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin. Agar Ukrainaga hujum bo‘lsa, G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi.

Rossiya hukumati Ukrainaga hujum qilmoqchi emasligini aytib, chegara yaqinida harbiy qismlarning joylashtirilishini oddiy mashg‘ulotlar bilan izohlamoqda.

4-fevral kuni Amerikaning Bloomberg agentligi o‘zining sayti orqali “Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi” sarlavhali xabarni e’lon qilib yubordi. Keyinroq agentlik xatosini tan olib, sarlavhani o‘chirib tashlagan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2040 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ukrainaga, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное