Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada kazarmaning qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni 18 kishini tashkil etmoqda

12 iyul kuni kechasi Rossiyaning Omsk viloyati hududidagi kazarma binosining qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni 18 nafarga yetgan. Bu haqda viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga asoslangan holda FlashSiberia xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, 19 kishi shifoxonada qolmoqda. Yana bir qancha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Biroz oldinroq, bu halokat qurbonlari soni 12 kishi ekani, halokatdan oldin binoda 37 kishi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Voqea joyida Moskvadan yetib kelgan maxsus komissiya tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda.
Avvaliga halokatga binoning eskirib ketgani sabab bo‘lgani haqida aytilgandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bino yaqinda qurilgandi va qurilish jarayonida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgani halokat sababi bo‘lishi mumkin.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2814 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kazarmaning qulashi, halok bo‘lgan, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
radrika Ishqilib bu qurulish ishlarida vatandoshlarimiz bo'lmaganmikin?????
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное