Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyaga qurol yetkazib berayotgan davlat nomi ochiqlandi

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi kecha, 22 dekabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Rossiyaning nodavlat qurolli guruhi “Vagner”ga qurol yetkazib bergani va ko‘proq yetkazib berishni rejalashtirayotganini aytdi. 

"Bugun biz KXDR “Vagner”ga to‘langan pul evaziga qurol-yarog‘larni dastlabki yetkazib berishni yakunlaganini tasdiqlashimiz mumkin. Shimoliy Koreya o‘tgan oy “Vagner” foydalanishi uchun Rossiyaga raketa va snaryadlarni yetkazib bergan edi”, deydi Kirbi.

Uning fikricha, bu Ukrainadagi jang maydonidagi dinamikani o‘zgartirmaydi.

“Biz, albatta, Shimoliy Koreya ko‘proq harbiy texnika yetkazib berishni rejalashtirayotganidan xavotirdamiz”, deydi ma’muriyat rasmiysi. 

KXDR Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berilgani haqidagi, shu jumladan Amerika tomoni da’vo qilgan ma’lumotni rad etdi.  

“Yaponiya ommaviy axborot vositalarining KXDR Rossiyaga harbiy yuk yetkazib berayotgani haqidagi tuhmatli xabari jamoatchilik fikrining eng bema’ni manipulyatsiyasi bo‘lib, hech qanday izoh berishga loyiq emas”, deyiladi bayonotda.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3473 | Рейтинг: 0| Рейтинг: davlat, yetkazib, Rossiya, nomi, qurol, berayotgan, ochiqlandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное