Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qirolicha - Stakan Version
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bayden Rossiyani yadro quroli qo‘llagan taqdirda kutiladigan oqibatlar haqida ogohlantirdi
Agar Rossiya Ukrainada yadro qurolini qo‘llasa, buning o‘z oqibatlari bo‘ladi va mamlakat “yanada ko‘proq yakkalanib qoladi”. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

“Bu urushning qiyofasini o‘zgartiradi. Ikkinchi jahon urushidan buyon misli ko‘rilmagan tarzda… Buning oqibatlari bo‘ladi”, — dedi Bayden. Jurnalist agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu chegaradan o‘tsa, aynan qanday oqibatlar bo‘lishini aniqlashtirib savol berganida, Amerika prezidenti bir fursat jim turib qoldi.

“Ular dunyoda har qachongidan ko‘ra ko‘proq yakkalab qo‘yiladi. Ular amalga oshiradigan xatti-harakatlarning darajasiga qarab, qanday javob ko‘rsatilishi aniqlashtiriladi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Bayden.

Rossiya prezidenti Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan keyin tiyib turish kuchlarini alohida jangovar navbatchilik rejimiga o‘tkazishni topshirgandi, unga strategik yadro kuchlari ham kiradi. Shu bilan birga, u yadro urushida g‘oliblar bo‘lmasligini aytib, uni hech qachon boshlamaslikka chaqirgandi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning yadroviy salohiyatini ko‘p bora tilga olgan va G‘arb mamlakatlarini “o‘lim bilan shaxmat o‘ynamaslikka” da’vat etgandi.

AQSH hukumati esa yadro qurolini qo‘llash haqidagi gaplarning cho‘g‘ini pasaytirishni bir necha marta taklif qilgan. Pentagon ehtimoliy yadro urushi muhokamasi keltirib chiqaradigan xavfga e’tibor qaratgandi.

15-sentabr kuni BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi bu yil dunyo 1962-yilgi Karib inqirozidan buyon birinchi marta yadro quroli ishtirokidagi urush xavfiga maksimal darajada yaqinlashganini aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, voqealarning hozirgi holati dunyoning barcha mamlakatlari uchun “juda-juda jiddiy ogohlantirish” bo‘lib hisoblanadi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1695 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘llagan, qurol, ogohlantirdi, kutiladigan, Bayden, oqibatlar, haqida, Rossiya, yadro, taqdirda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное