Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Pazanda - Soundtrack
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Ruhiy test: Umr yo‘ldoshingizni bir qarashidayoq tushuna olasizmi?

Er va xotin o‘rtasida samimiy va mustahkam munosabatlarni qanday o‘rnatish kerak, umr yo‘ldoshingizni bir qarashidayoq tushuna olasizmi? Turli ziddiyatlarsiz, tinch va xotirjam yashash uchun nima qilish kerak? Bu kabi savollar har bir oilali insonning xayolidan o‘tishi tabiiy. Psixologlarning fikricha, buning uchun er va xotin birday harakat qilishi lozim. Agar bir tomon buni xohlab, ikkinchisi xohlamasa, munosabatlarni o‘zgartirishning iloji yo‘q. Munosabatlarda eng muhimi, muhabbat va bir-birini tushunish.
Ammo bu oson emas, faqat his-tuyg‘ular bilan emas, aql bilan yashashni ham o‘rganish lozim. Bundan tashqari, munosabatlarni saqlash uchun sabr qilishni ham o‘rganish lozim ekan.  Ideal insonning o‘zi yo‘q, har kimning kamchilik va fazilati o‘ziga yarasha. Ularga sabr qilish kerak, xolos. Munosabatlarga putur yetkazadigan yana bir muhim jihat – umr yo‘ldoshining qiziqishlariga ahamiyat bermaslik. Uning muammolari bilan qiziqing, shunda u o‘ziga befarq emasligingizni his qiladi, bu sizlarni yanada yaqinlashtiradi. Oilaviy munosabatlaringiz qay darajada ekanligini tekshirib ko‘rish uchun quyidagi savollarni tavsiya etamiz.  
Sizningcha, er-xotin munosabatlarida har doim bir-birini tushunishning iloji yo‘q...
1 Ha, shunday. 
2 Buni ishonch bilan tasdiqlay olmayman.
3 Bu noto‘g‘ri fikr.
Oilaviy hayotingiz sizga:
 1 azob, tashvish, bezovtalik;
 2 bir nima deya olmayman;
 3 xursandchilik va mamnunlik bag‘ishlaydi. 
Umr yo‘ldoshingiz xarakterini o‘zgartirishini xohlaysizmi? 
1 Ha, juda.
2 Javob berish qiyin.
3 Yo‘q, hammasi o‘z holicha qolgani yaxshi.
Sizningcha, umr yo‘ldoshingizsiz hayotingiz birmucha yengilroq kechardi, mustaqil bo‘lardingiz. 
1 Ha, juda to‘g‘ri.
2 Balki, lekin ishonchim komil emas.
3 Yo‘q, bunday emas. 
Sizsiz umr yo‘ldoshingizning hayoti mazmunli bo‘lmasdi, to‘g‘rimi?
1 Bilmadim.
2 Aniq ayta olmayman.
3 Albatta , bunga ishonchim komil.
Siz u bilan faxrlanasiz...:
1 Yo‘q, unday emas.
2 Bir nima deyish qiyin. 
3 Ha, albatta. 
Sizningcha, oralaringizda baxtli munosabatlarga nima xalaqit beradi? 
1 Xarakteri menga to‘g‘ri kelmaydi.
2 Aniq bir narsa deyolmayman. 
3 Agar nimanidir sezsam, darhol o‘sha to‘siqni yo‘qotishga kirishaman.  
Umr yo‘ldoshingiz o‘z kamchiliklarini tan oladi va o‘rnini ortig‘i bilan qoplay oladi... 
1 Yo‘q.
2 Bilmadim. 
3 Albatta, buni uddalaydi.
Umr yo‘ldoshingiz tez-tez ahmoqlik qiladi, o‘rinsiz gapiradi, hazillari esa ko‘p hollarda bemavrid bo‘ladi... 
1 Ha, shunday.
2 Shunaqasiyam bo‘lib turadi.
3 Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman. 
Natija 
Javoblar oldidan berilgan raqamlar asosida ballaringizni hisoblang.  
24 dan kam: agar to‘plagan balingiz 24 baldan kam bo‘lsa, oilaviy munosabatlaringizni tahlil qilib, nimalarni o‘zgartirishingiz kerakligini yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Yuqorida keltirilgan savollarga yana bir bor e’tibor qarating va ularga asoslanib, qaysi jihitlarga ko‘proq ahamiyat berishingizni belgilab oling. 
24 dan yuqori: to‘plagan balingiz 24 yoki undan ko‘p bo‘lsa, siznnig oilangizda ajoyib muhit hukmron. Ayni  ayni hozirgi paytda munosabatlarni o‘zgartirishga hojat yo‘q. O‘zaro munosabatlaringizni yanada mustahkamlashga harakat qiling. 
Internet materiallari asosida
MOHITOBON tayyorladi


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 10694 | Рейтинг: 1| Рейтинг: umr yo'ldosh, er-xotin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное