Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

Er-xotin o‘zi ijarada turgan uy egasini vahshiylarcha o‘ldirdi

Yoshi 30 dan oshgan, turmushidan ajrashgan Sabina Tilavova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oilali, uch farzandning otasi Xurshid Suyarov bilan tanishib, norasmiy tarzda er-xotin bo‘lib yashab yurdi.
Tayinli turar joyi, biror kasb-kori bo‘lmagan bu ayol Samarqand shahrida yashovchi Xosiyat Jabborovaning uyidan boshpana topdi, deb yozadi Uz24 nashri “Huquq” manbasi asosida. Xurshid ham Sabinaning oldiga kelib-ketib Xosiyat opaning ancha ishonchini qozondi.

Kunlarning birida ikkovlon yashab turgan xonadonidan tillalarni o‘g‘irlashni reja qilishdi. Ertasi kuni mash’um rejani amalga oshirish uchun dorixonadan ikki ampula "dimedrol" sotib olishdi. Ampulani sutga aralashtirib Xosiyat opaga ichirishdi. Ular ayolning uxlashini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Ayol uyquga ketsa-da, dori ta’siridanmi yoki boshqa sabab tufaylimi, dam ag‘darilib, dam qimirlab yotardi. Bu esa Sabinaning asabini buza boshladi.

U oshxonadagi temir krujkani olib ayolning yuziga zarb bilan tushirdi. Dabdurustdan tushgan zarba ayolning hushini uchirdi va chinqirib yubordi. Sabina chaqqonlik bilan ayolning bo‘ynidan bo‘g‘di. Ikkovlashib ayolni hushidan ketkazishdi. Xurshid oldindan tayyorlab qo‘ygan changyutgichning simi bilan Xosiyat opaning qo‘l-oyoqlarini qayirib bog‘ladi. Keyin esa shafqatsizlik bilan uning bo‘ynidan bo‘g‘di. Azobdan tipirchilayotgan ayolning og‘zi-burnini sochiq bilan bog‘lab tashlashdi. Shu taxlit inson zotiga xos bo‘lmagan bir vahshiylik bilan arzimagan boylik uchun bir insonning umriga zomin bo‘lishdi.
 
Shundan so‘ng, uydagi bor tilla taqinchoqlarni, qimmatbaho narsalarni, umumiy hisobda 17 mln. 340 ming so‘mlik buyumlarni olib chiqib ketishdi. Tillalarning bir qismini tilla buyumlar savdosi do‘koniga sotib, Toshkent shahriga qarab yo‘l olishdi. U yerga borib bozordan istagan kiyimlarini xarid qilishdi. Keyin esa bu yerlardan uzoqqa qochib, Rossiyaga ketishning yo‘lini axtara boshlashdi. Ammo ular vaqtida qo‘lga olindi.
 
Sud hukmi bilan Sabina Tilavova 15 yil, Xurshid Suyarov esa 18 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum etildi.


Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 13719 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 1| Рейтинг: vahshiylarcha, er-xotin, o‘ldirdi, o‘zi, ijarada, uy, egasi, turgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
muxi_naf Pulli deb nimala qilmaydi
Like | 0
Abubakirov96 pul boylik odamni ko'zini ko'r qiladi.
Like | 0
X_shaxrizod_x Bunaqaladan xudo asrasin
Like | 0
Damir_95_ Tiriklay yerga ko'mish keray bulani
Like | 0
Don9498 Bunqa odamlarni yaqvoriwkerak
Like | 0
YOSHLARMP3_COM Shunaqala kopayib ketvotti ozi. Ayol kiwuga yarashmiydi unaqa narsalar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное