Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda kvartiralar narxi aprelda o‘rtacha 2 foizga pasaygani qayd etildi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida takliflarning o‘rtacha bahosi martga nisbatan 2% — 1 kvadrat metr uchun 633 dan 623 shartli birlikkacha pasaydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Foto: “Gazeta.uz”
Panel tipidagi uylarda kvadrat metr narxi martdagi 600 o‘rniga 590 shartli birlik, g‘ishtli uylarda esa 663 o‘rniga 677 shartli birlikni tashkil etdi. Xonalar sonidan kelib chiqib, takliflar bahosi quyidagicha bo‘lgan: bir xonali kvartiralar — 625 shartli birlik (-1%), ikki xonali — 614 (-1%), uch xonali — 625 (-1%), to‘rt xonali — 651(-1%) va ko‘p xonali kvartiralar — 615 (-4%) shartli birlik.
Aprelda takliflarning o‘rtacha bahosi pasayishi poytaxtning 11 tumanidan 9 tumanida kuzatilgan. Chilonzor va Uchtepa tumanlarida narxlar biroz ko‘tarilgani (+1%) qayd etilgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2590 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, kvartira, uy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное