Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Safarbarlik tufayli mamlakatni tark etgan rossiyaliklar Janubiy Koreya aeroportida ikki oyga qolib ketdi. Ularga boshpana berish rad etilmoq
Janubiy Koreyadagi Inchxon aeroportida besh nafar rossiyalik qolib ketdi, mamlakat hukumati ularga siyosiy boshpana berishdan bosh tortdi. Ular Rossiyani safarbarlik tufayli tark etgan. Ularning ba’zilari aeroportda yashayotganiga ikki oydan oshdi, deb yozadi The Korea Times.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar bevosita aeroportda turib, boshpana taqdim etish haqida arizalar bergan. Biroq Koreya hukumati armiyaga chaqiriqdan bosh tortish qochqin maqomini taqdim etish uchun asosli sabab bo‘la olmaydi, deb hisoblab bu so‘rovlarni rad etdi.

Rossiyaliklar bu qarordan norozi bo‘lib, shikoyat arizasi bermoqchi. Ularning vakili Li Chon Chan da’vo qilishicha, ularda qochqin maqomini olish uchun asoslar bor, chunki Rossiyada ular siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinishi mumkin.Rossiyaliklarning ishi bo‘yicha yakuniy qaror sud tomonidan chiqariladi. The Korea Times yozishicha, agar sudya ularning yonini olsa, ularga G-1 vizalari beriladi, bu ular qochqin maqomini olish uchun rasmiy tekshiruv jarayonidan o‘tguniga qadar Janubiy Koreyada vaqtinchalik bo‘lib turishini kafolatlaydi. Agar sud ularga qarshi qaror chiqarsa, ariza beruvchilar, katta ehtimol bilan, Rossiyaga deportatsiya qilinadi.

Rossiyada safarbarlik 21-sentabr kuni boshlangandi, Rossiya hukumati da’vo qilishicha, u oktabr oxirida yakunlangan, biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin haligacha tegishli farmonni imzolagani yo‘q. Hukumat bunday hujjatga zarurat yo‘qligini ta’kidlamoqda.

2023-yil yanvarida Ukraina harbiy razvedkasi Rossiyada safarbarlikning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilayotganini, uning doirasida yana 500 ming kishi armiyaga chaqirilishini ma’lum qildi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 640 | Рейтинг: 0| Рейтинг: safarbarlik, Rossiya, tark, rad, etgan, berish, qolib, boshpana, etilmoqda, KETDI, ikki, Ularga, mamlakatni, Janubiy Koreya, Oyga, aeroportida, tufayli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное