Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandda “Jihodchilar” va “Hizb ut-Tahrir” targ‘ibchilari qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida “Hizb ut-Tahrir” va “Jihodchilar” ekstremistik oqimlarining g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, ishtixonlik 34 yoshli R.M. “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik oqimning Qirg‘izistondagi rahnamosi bilan aloqada bo‘lgan.

Qayd etilishicha, R.M. uning ko‘rsatmasi bilan tashkilot g‘oyalarini internet orqali targ‘ib qilgan va ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi 32 yoshli B.J. hamda urgutlik 36 yoshli X.S. “Jihodchilar” oqimi rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual do‘stlariga tarqatib kelgani aniqlanib, qo‘lga olindi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1231 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jihodchilar, ut-Tahrir, targ‘ibchilari, va, Samarqandda, Hizb, qo‘lga, olindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное