Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda Interpol qidiruvidagi sobiq “qonundagi o‘g‘ri” qo‘lga olindi
O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlari 28-yanvar kuni Interpol qidiruvidagi sobiq “qonundagi o‘g‘ri” Rafet Amirovni qo‘lga oldi. Bu haqda “Praym Kraym” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 43 yoshli erkak AQSH va Rossiya tomonidan qidiruvga berilgan. U Rossiyada 2010-yildan beri Moskvada 32 yoshli Ali Babayevni o‘ldirgani uchun qidiruvda bo‘lgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida u Eron hukumati buyrug'i bilan eronlik muxolifatchini o'ldirilishini uyushtirganlikda ayblanmoqda.

Amirovga qarshi ko‘rsatma 4-yanvar kuni Chexiyada qo‘lga olingan uning sherigi Polad Omarov tomonidan berilgan. Rafet 2014-yilda Ozarbayjonning bosh “qonundagi o‘g‘ri”si Nodir Salifov (Guli taxallusi bilan tanilgan) taklifi bilan ularning jamoasiga qo‘shilgan. Ammo Salifov Turkiyada o‘ldirilganidan so‘ng, Amirov Guli urug‘idan bo‘lgan o‘rtoqlari tomonidan kaltaklangan va o‘g‘rilar oilasidan haydalgan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1759 | Рейтинг: 0| Рейтинг: olindi, qonundagi, qo‘lga, O‘g‘ri, qidiruvidagi, sobiq, Interpol, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное