Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston Interpol byurosi yirik firibgarni qo‘lga oldi

 

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi.

Tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazish chog‘ida Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi xodimlari Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvga berilgan chet ellik fuqaroni ushlashga muvaffaq bo'ldi. 

Qayd etilishicha, jinoyatchi qirg‘izistonlik hamkasblar tomonidan rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan, shu munosabat bilan jinoyat harakatlari og‘irligini hisobga olib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Interpol milliy markaziy byurosi Bishkekdagi hamkasblarga qidiruvdagi shaxs Qirg‘izistonga keyingi jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstraditsiya qilinishidan oldin hibsga olingani haqida ma’lum qilgan.

Hozirda qo‘lga olingan shaxsni Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilish masalasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi Interpolning O‘zbekistondagi byurosi xabarida. 



Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 635 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oldi, qo‘lga, O‘zbekiston, yirik, byurosi, Interpol, firibgarni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное