Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimini o‘ldirgan fuqaro qo‘lga olindi
Toshkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi o‘ldirib ketilgandi. IIV matbuot kotibi uning hayotiga tajovuz qilgan fuqaro qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, 30-noyabr kuni soat 00:50 larda Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov tumanning “G‘alaba” mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borib, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.IIV xabarida aytilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida IIB profilaktika inspektori hayotiga tajovuz qilgan fuqaro qo‘lga olinib, protsessual tartibda chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirildi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 838 | Рейтинг: 0| Рейтинг: olindi, qo‘lga, bajarayotgan, fuqaro, Toshkent, xizmat, vazifasini, IIB, xodimini, o‘ldirgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное