Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 85 yoshli buvisini o‘ldirgan yigit 8 yilga “kesildi”
Toshkentda 85 yoshli buvisini urib, o‘ldirib qo‘ygan yigit 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yigit uyida mast holatda bo‘lgan va 1938 yilda tug‘ilgan buvisi bilan janjallashib qolgan. U buvisining tanasini turli joylariga jarohat yetkazgan. 

Shundan so‘ng, tez tibbiy yordam chaqirilgan va jabrlanuvchida biologik o‘lim holati qayd etilgan. Sudlanuvchiga ko‘ra, 85 yoshli buvi bir yildan beri yurolmagan va yigit uning yagona boquvchisi bo‘lgan. 

“Buvim bilan 10 yildan buyon birga yashardik. Ota-onam vafot etgan. O‘sha kuni avval buvimni ovqatlantirdim, hatto bir qadah aroq ham quyib bergandim. Ehtiyotsizlik tufayli buvimni yiqitib qo‘ydim. Keyin jahlimni chiqargani uchun urdim. Ertalab o‘zini yomon his qilayotgan edi. Men dori berib, tez yordam chaqirdim va uxlab qoldim. Keyin bilsam u o‘lgan ekan”, deydi sudlanuvchi.

Ma’lum qilinishicha, yigit Jinoyat kodeksinining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 674 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kesildi, Toshkent, 85 yoshli, buvisini, o‘ldirgan, 8 yilga, Yigit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное