Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sardor Rahimxon o‘z konsertiga chiptalar qolmaganligini rad etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon 6-7-fevral kunlari "Istiqlol” san’at saroyida konsert berishni rejalashtirgan. "Sayyod” xabariga ko‘ra, hozir xonandaning yakkaxon dasturiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallada.

Saytda ma’lum qilinishicha, san’atkor konsertda oddiylikdan va ishlatilgan uslublardan, odatiy duetlardan chetlangan.

Ammo, konsertdan avvaloq uning dilini og‘ritishmoqda. Kimdir chiptaxona oldida turib, "Sardor Rahimxonning konsertiga bilet qolmadi”, deb, kelganlarni qaytarib yuborayotgan emish. Bu haqda xonandaning o‘ziga murojaat etib, chipta so‘raganlar ham bo‘lgan. Aslida esa, chiptaxonada chiptalar bor va joyiga qarab, 8000 so‘mdan 70000 so‘mgacha narxda sotilmoqda. Muxlislar bemalol chiptaxonaga o‘zlari murojaat qilib, chipta olishlari mumkin.

Shuningdek, dasturda estradamizdagi xonanda qizlar bilan bog‘liq qiziq sahna ko‘rinishi ham bor, deyiladi xabarda.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2055 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sardor Rahimxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
shoxislom5758 Omad tolamiza kongildagidek otsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное