Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sarvar va Komil Moskvada yakkaxon konsert dasturini taqdim qildi


Ma’lumki, Sarvar va Komil nafaqat yurtimiz bo‘ylab, balki, turli mamlakatlarda ham "Bir muhabbat qissasi" nomli kinokonsertlarini taqdim etishmoqda. Har bir manzilda yuqori darajada qarshi olinayotgan dastur bu safar Moskvada namoyish etildi. Ma’lumki, yurtimizda muxlislar "Bir muhabbat qissasi"ni yuqori kayfiyatda kutib olishdi. Kinokonsert anshlag tarzda o‘tishi odatga aylanib ham ulgurdi. 30 - iyul kuni Moskvada o‘tkazilgan konsert ham ko‘ngildagidek yakunlandi. Bu esa dilga yaqin, mehr-muhabbatga boy dasturga, qolaversa, Sarvar va Komilning ijodiga yuksak baho deya olamiz. Ular yana bir imtixondan o‘tishdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zga yurtda, jonli ijrodagi konsert bilan muxlislarga quvonch ulashish va qalbiga yo‘l topish, birgalikda bir ovozda kuylash, ardoqlanish ijodkor uchun albatta eng katta baxtdir. Sarvar va Komilning ijodiga ulkan parvozlar tilab qolamiz. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, keyingi manzillarda ham "Bir muhabbat qissasi" mana shunday yuksak saviyada o‘tkaziladi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3216 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yakkaxon konsert, Sarvar va Komil, moskva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
zumrad991 ularni fanatkasi emasmanu, lekin baribir omad tiliyman
Like | 0
Sahiba555 klass
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное