Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

«Senga oshiqman»dagi Radxika Madan. Raqs sahnasida tasvirga olish maydonigacha...


Radxika Madan 1995 yil 1 may sanasida Hindistonning Pitampur shahrida tug‘ilgan. Dadasi Sudjit Madan tadbirkor, onasi Xeeru Madan esa rassom. Aktrisaning Ardjun ismli akasi bor. Radxikaning mashhurlik sari ilk qadamni yelevideniedagi «Yulduzlar bilan raqs» nomli shou bilan qo‘ygan. Ta’kidlash kerakki, aktrisa aynan shu ko‘rsatuv orqali yosh-u qarining tiliga tushadi.

Kelajakni o‘zgartirgan uchrashuv...

Raqs bilan professional darajada shug‘ullanib kelayotgan Radxika kino olami haqida o‘ylamasdi ham. Ammo rejissyor, prodyusser va ssenariynavis Ekta Kapur bilan tanishuv uning taqdiri va orzularini o‘zgartirib yuborgan. Mashhur Ekta Madanning raqslariga mahliyo bo‘lib, unga shu zahotiyoq «Senga oshiqman» serialining bosh qahramonini ijro etishni taklif etadi. Ishani roli orqali u teletomoshabinlarning mehrini qozonishga muvoffaq bo‘lgan va nufuzli «Zee Gold Awards» mukofotini ham qo‘lga kiritadi. Radxika «Senga oshiqman» seriali bilan nafaqat mashhur bo‘ladi, balki bekamu ko‘st hayotga ham erishdi. Serial prodyusserlari rol uchun juda katta gonarar to‘lashdi. Aktrisa birinchi gonarariga Mumbaydan derazasi dengizga qaragan shinam uy sotib olgan. Ayni kunlar Radxika Bollivudning mashhurlari Vidya Balan va Shaxid Kapurlar bilan qo‘shni bo‘lib yashayapti.

Ishdan tashqari

“Madan har bir davraga fayz olib kira oladigan qiz. U o‘zining hazil-mutoyibasi bilan doim kayfiyatimizni ko‘taradi” deydi aktrisaning do‘stlari. Bo‘sh vaqt topdi deguncha raqs maydoniga shoshadi, kitob mutola qilishni ham yoqtiradi. Brizer laqabli kuchukchasi bilan sayr qilish-ku jonu dili.

Siz bilmagan 8 fakt

Sho‘x-shaddot qiz obrazida tanilgan Radxika seriallar olimiga kirib kelishdan avval raqs san’ati bilan professional shug‘ullangan. Іozir ham bo‘sh vaqtlarida xoreograf sifatida yosh raqossalarga saboq beradi.

U hind televidiniesidagi mashhur shoulardan biri — «Komedik oqshom — Bachao»da boshlovchi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Boshqa aktrisalardan faqali o‘laroq, Radxika pardoz qilishni umuman yoqtirmaydi. Shuning uchun ham kundalik hayotda uni makiyajsiz ko‘rishga odatlanishgan. Radxika tabiiy go‘zallik tarafdori.

Radxikaning eng katta orzularidan biri hindistonliklarning mashhur «Uchrashganimizda 2» (Jab We Met 2» filmida rol ijro etish.

Ayni paytda aktrisaning ko‘ngli Ishan Are ismli yigitda. Sevgilisining san’atga umuman aloqasi yo‘q.

Radxika Madan alu puri, golgapa va idli milliy tamolarini yaxshi ko‘radi.

Ranbir Kapur va Karina Kapurning ashadiy muxlisi.

Aktrisa ijtimoyi tarmoqlarning faol foydalanuvchisi. Uning instagramdagi sahifasini 1,4 mln. muxlis kuzatadi. U ham o‘z o‘rnida doimiy ravishta shaxsiy hayoti haqidagi foto-hisbotlar taqdim etib turadi.



Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 6877 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Senga Oshiqman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
berdievshuha zo`
Like | 0
farhod8483 uziyam zör kinosiham zòr %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное