Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman Disha farzandlik bo'ldi?.. Voqealar rivoji (113-118 qismlar)

O'tgan hafta voqealar rivojini o'qish (manba)
***
Yangi voqealar rivoji...

Assalomu alaykum hurmatli mening aziz o'quvchim. Bugungi kunga kelib Senga Oshiqman seriali shu qadar ommalashib ketdiki, uni yaxshi film deyotganlar ham, yomon film deyotganlar ham ko'plab uchramoqda. Bu fikrlar qanchalik to'g'ri? U fikrlarga Tarona.net saytining munosabati qanday? Ushbu savollarga javob qilib, o'z fikr muloxazalarimni yozaman, va tez kunlarda sizlarga ushbu maqolamni faqat tarona.net sayti orqali taqdim etaman.
Endi esa ushbu haftadagi voqealar haqida suxbatlashsak. Ushbu haftada avvalgi haftalar kabi qiziqarli voqealarning keskin o'zgarishi, ajoyib  va hayratli, kutilmagan saxnalar bo'lishi kutilmaydi. Deyarli oddiy, Unchalik qiziqarli hafta emas. Barchamizga sir emas, hamma hozirda Ishani qachon RV bilan ko'rishadi, Ranvir qachon IShanining tirik ekanligini biladi, Qachon Chirakni kim o'ldirigani ma'lum bo'ladi?, kabi savollar bergan holda serialni tomosha qilayapmiz, gapim to'g'rimi hurmatli tomoshabin...
 
So'ngi bo'lib o'tgan qismda Dishani dard tutib qolganligi sababli kasalxonaga olib ketishdi, ularni yo'lda ko'rib qolgan Ishani ortlaridan bordi. Disha farzandli bo'ldi. Ammo kasalxona xarajatlarini to'lash uchun Pariklar oilasida pul yo'q, Ishani bu haqida eshitgach, Shetkhardan yordam so'radi, Shekhar esa Ishaniga faqat bir shart bilan yordam berishini, bundan keyin uni ham, oilasini ham tinch qo'yishini aytadi. Ishani albatta rozi bo'ladi, Shekhar pullarni to'laydi.
Ammo yana bir muammo Divash ham RV ning oldiga Dishaning kasalxona harajatlarini baxo qilib pul oladi, lekin u bu pullarga sevgan qiziga sovg'a olib, uning oilasi bilan ko'rishishni rejalashtirgan.
tarona.net sayti ma'lumoti.  Ho'sh bu oila kim? Ha albatta bu oila Shekharning oilasi, qiz esa Shekharning singlisi edi. Divash ularning oilasiga borib, qizning ota-onasi va akasi SHekhar bilan tanishadi. Aynan shu payt Ishani ularning oilasidan ketmoqchi bo'lib turgan edi, mexmon bo'lib kelgan Divashni ko'prib quvonib ketadi, quvonchi ichiga sig'magan Ishani, Divashni oldiga borib, bag'riga bosmoqchi bo'ladiyuuu, ammo o'zini tiyadi. Borolmaydi, Ammo baribir, SHekharning onasi Ishani olib chiqib, Divashga tanishtiradi, Ishani ko'rib qo'rqib ketgan Divash hech bir gap ayta olmay qoladi. Shekhar esa yakkayu-yolg'iz singlisini duch kelgan yigitga berishga qarshi edi, Sevgi bu o'tginchi hali boshqa yaxshi yigitlar ko'p uchraydi deb singlisiga chuntirishga urinadi, ammo singlisi so'zida qatiy turib oladi. Pastda esa Divash va Ishani yolg'iz o'tirishgan vaqt ular suxbatlashishadi, Divash Ishanidan yana norozi, yana hayotimizga aralashyapsizmi deb jaxl qilib turganda yuqorida Shekhar ularning suxbatlarini eshitib qoladi.
***
Shekhar singlisidan havotirda, shu sabab Divash Parekni to'liq surishtiradi, u haqidagi barcha ma'lumotlarni izlaydi.
***
Ritikaning onalik marosimlari tugadi, xizmatkorlar marosim bo'lgan joyni yeg'ishtirishmoqda, shu payt bir hizmatkor yigit uzuk topib oladi, uni Ranvirga olib kelib beradi, Ranvir qarasa u bir paytlar Ishaniga sovg'a qilgan ikki kabutar aks etgan olmos uzuk edi, Ishani vafot etgan bo'lsa bu uzuk qayerdan kelib qoldi, deb o'ylangan Ranvir marosim video tasmasini ko'zdan kechiradi, shunda Shekharning yoniga kelgan qiz ushbu uzukni tushirib qo'yganini aniqlaydi.
tarona.net sayti ma'lumoti. Shu zahodi Shekharning uyiga boradi va o'sha qiz haqida so'raydi, Shekhar uzukni olib, o'zim berib qo'yaman deydi, ammo RV ko'nmaydi, o'zim topshirishim kerak deydi, uning qalbida bu Ishaniki degan ovoz, uning tirik bo'lishiga esa umid bor edi, Shekhar esa unga sudyaning qizini manzilini beradi, Sudyaning qizi ham uzukni topganingizdan hursandman, bu mening uzugim deb qabul qiladi, (buni avvalroq Ishani qo'ng'iroq qilib, shunday deb uzukni olib qolishini iltimos qilgan edi).
Ranvirning umidlari yana so'ndi, haftada davomida Ranvirni ham Ishanini ham eski xotirlar qiynaydi. Ularning har ikkisiga ham bu hotiralar azob beradi. Bir-birlarisiz yashay olmaydigan bu sevishganlariga raxmim keldi juda...
***
Ona bo'lgan Disha esa o'z bolasiga qaragisi kelmasdi, 9 oy qornida ko'tarib, so'ng qiynalib dunyo keltirgan bolasidan nolirdi, uning yeg'isi unga azob berardi. Hatto tagligini almashtirgisi kelmasdi. O'ynab-kulishga o'rganib qolgan bu Disha hali ona bo'lishga tayyor emas ekan. Bola unga huddiki tashvish, ortiqcha yuk va katta muammo, bir balo bo'lib qolgandi. Exxx ahr bu murg'ak bolada nima gunox? Manas esa bu o'z zuryodi bo'lmasa ham uni bag'riga bosadi, unga g'amho'rlik qiladi.
Disha bu bolaga qarashdan to'yib ketadi, o'ynab-kulish niyatida bolani Manasga tashlab, unga faqat bir xat yozgancha uyni butunlay tark etadi. (Bola boqish qo'lingdan kelmas ekan, o'zingni, xirsingni bosgin edi, nima qilib likkillab yuribsan isqirit!!!)
***
Shekharning onasi va Ishani birgalikda bir tikuv fabrikasida ishni yo'lga qo'yishadi. Ishani ishni yo'lga qo'yishda qo'ldan kelgancha yordamlashadi. Aslida bu ishning ham bir tomoni Ranvirga borib taqalgan edi. Ular RV kompaniyasi bilan hamkor edilar. RV kunlardan bir kuni Ritika bilan restaranda ovqatlanish uchun kelishadi. tarona.net sayti ma'lumoti. Tasodifni qarangki aynan shu restaranda Ishani va Shekharning onasi birgalikda ish yuzasidan uchrashuvda edilar. Ishani Ranvirni ko'rib hursand bo'lib ketadi, ich-ichidan yeg'laydi. Ishani hozir kelaman deb o'rnidan turib, endi chiqib ketayotganda RV mikrafonni qo'liga olib, sevgilisi va rafiqasi uchun qo'shiq kuylay boshlaydi, eski hotiralarni eslatuvchi ushbu dardli tarona Ranvirni ham, Ishanining ham ko'zlarini yoshlartiradi. Ishani bunga chiday olmay bir xonaga kirib, eshikni quliflab oladi, so'ng tinmay yeg'laydi. Baxti yonidayu, ammo huddi undan uzoqdadek o'zini his qilgan Ishani ko'z yoshlarini to'xtata olmas edi. Ularni Shekhar kelib olib ketadi, chiqib ketishayotganini RV ko'rib qoladi, ammo Ishani Shekharning ortiga yashirinadi. Ranvir bu qiz kim ekanligiga juda qiziqadi, ammo bila olmaydi.
***
Endi esa eng qiziq joylaridan, hech sevgiga ishonmaydigan, qizlari tez-tez alamshtiradigan Shekhar qalbida sevgi uyg'ona boshlagan edi, u Ishaniga nisbatan nimalarnidir his qilar edi, nega bunday bo'layotganini hatto o'zi ham bilmas edi, ko'ziga doim IShani ko'rinadigan bo'lib qoldi.
***
Ishanini gunohidan o'tib, ozod qilishga buyruq bergan davlat amaldori Vazir janoblari RV ning uyiga keladi, U Ritikaga sovg'a beradi. RV uyda yo'qligini, ish bilan ofisda ekanligini bilgach, Ritika va Amba bilan suxbatlashadi, Suxbat paytida vazir ularga yaqindagina bir begunox o'limga hukum qilingan qizni jazodan ozod qilganini va uning ismi ISHANI PAREK ekanligini aytadi. Ana bo'lmasa, Amba va Ritika buni kutmagan edi, naxotki Ishani tirik!, Ular qo'rqib ketishadi.
 
(To'g'risi shu o'rinda menda bir savol tug'ildi, Ranvir va Ritika bu inson bilan juda yaxshi tanish ekanlar, nega avvalroq ular unga murojaat qilishmadi, shunda Ishanini oldinroq qamoqdan ozod qilishar ediku, endi bu hind kino ijodkorlari judaaaaa ham voqealarni o'zgacha va aytish joyiz bo'lsa ertak qilib yuborishibdi, Tog'ri bu shunchaki kino, ammo ozgina reallikga ham to'g'ri kelishi kerakda!)
***
Ranvir Ishani ishlayotgan tikuv fabrikasiga raxbar bilan ko'rishgani keladi, albbata u bu yerda raxbar ishani ekanligini bilmasdi. Ishani uni uzoqdan ko'rib qoladi, nima qilishni bilmaydi. Ranvir kirib keladi. Ishani svetni o'chiradi va teskari o'girilib oladi. Ranvir unga gapiradi, ammo Ishani o'girilib qarolmasdi, ko'zlari esa yana yoshga to'la.... Ranvir uni yangi ish boshlagani bilan tabriklab, omad tilaydi va ketadi.
***
Ritika Ishani masalasiga oydinlik kiritish maqsadida qamoqxonaga boradi, u yerda Ishani haqida so'raydi, Qamoqxonada raxbari esa Ishani tirikligini, qatil ijro etilmagani, uni aybi kechirilganini aytadi. Ritika bu haqida RV ga aytish kerak deb, unga aytmoqchi bo'lib turganda Amba kirib uni to'xtatadi va Ritikani xonadan olib chiqib ketadi. Amba Ritikaga Ishani haqida RV ga hech qachon aytmaslikni tayinlaydi.
***
Shekhar Divashni uyiga ya'ni Pareklar oilasi yashab turgan uyga borib, uning oila a'zolari bilan tanishadi, Divash va uning singlisi bir-birlarini yoqtirishar ekan deb oila a'zolari bilan tanishadi.
Shundan so'ng ikki oila ham unashtiruv marosimiga tayorlanishga tushishadi. Ishani barchaga kiyim tanlashga yordamlashadi, Shekharga ham ko'ylak tanlab beradi, kundan-kunga Ishaniga mexri tushib borayotgan, sevgisi esa kuchayayotgan Shekhar bu rangli ko'ylaklar unga yoqmasa ham, uni kiyadi. Sevgisi haqida, u qiz haqida RV dan maslaxat so'raydi, nima qilishni, qanday yo'l tutishni, barchasini Ranvir bilan maslaxatlashadi, hattoki sevib qolganini ham birinchi bo'lib RV ga aytadi, Ranvir esa unga maslaxatlar berardi, ammo Shekhar sevib qolgan qiz, Ishani ekanligini u xali bilmas edi.
 
Sizlarga bu haftada bo'lib o'tadigan voqealar haqida aytmoqchi bo'lganlarim shulardan iborat edi, ushbu voqealar 8.09.2015 - 12.09.2015 kunlarida oralig'ida sodir bo'lishi kutilmoqda, ammo Yoshlar teleradiokanali ayrim saxnalarni uzishi yoki so'zlariga o'zgartirish kiritishi ham mumkin.

*** 
Eng qiziq saxnalar endi kelgusi hafatada bo'lishi kutilmoqda, Pareklar oilasi ham, Ranvir ham Ishanini tikligini bilishadi, Eng birinchi bu haqida Hansaben Parek biladi.
Divash hamda Shekharning singilisini unashtirib qo'yishadi.
Barchamiz uchun sevimli Falguni ona baxtsiz xodisa sabab, vafot etadi.
Voqealar shiddatli tus olishi kutilmoqda, bular haqida hudo hohlasa keyingi maqolalarimda bayon etaman.

 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Manba:tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 54162 | Комментарии: 29 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 291 2 »
1997mubina Kinoni muhlislari kopkkuuuuu :o
Like | 0
mirjalol1888 Nega qolgan seriyasini quymayabsila
Like | 0
Nigow771 Shekhar ham yaxwi bolade iwaniga yordam bervotti
Like | 0
Nigow771 Diwa wunaqayam qiz boladimi farzandini ham tawab ketadi odam digan bechora manas
Like | 0
Nigow771 chirsk tirimas chirak olganku Rv odam yonlagan boladi ritikani qilmiwini ochiw un
Like | 0
shirinjonjon Javob ucun raxmat. Telegram adresi bsa malum qilasmi... Oldindan raxmat
админhudo hohlasa!
Like | 0
Nastarin91 Salom , voqialar rivojini , serial muxlislari u.n erinmasdan yozib borayotgan muallifga kottakon raxmat.
Like | 0
5515911 Chirakni ham Falgunini ham Ritika o'ldiradi.!
Like | 0
Mohiw1991 Chirak trik dvatganla yaxwlap korila oldin keyn gapirila chirak olgan uni maskasida bowqa odam boladi ranviri odami Ranvir ritikaga tuzoq qoygan boladi
Like | 0
agipmn Yoshlar telekanalida 1 fasldan keyin tugatib qoymidimi serialni?
Like | 0
mirjalol1888 Hammaga salom
Like | 0
shirinjonjon Salom. Serialni qolgan qismlarini qacon qoyasiz? Faqat javob yozing iltimos
админvoqealar rivojini so'rayotgan bo'lsangiz u maqola muallif bizga taqdim etsa, saytga yuklanadi, joylanishdan avval telegram bot dasturimizda e'lon qilamiz.
Like | 0
Adham1112 kimmi boyniga picho tridi
Like | 0
AYSULIW=_= xa Falguni oladi Ritika Rv Ni qizganb Ishanini ishiga temr tiqib jarahotlaydi lekn olnaydi Ritika ikkinchi Shuiag boladi va undan ham ozib ketadI Rv boyniga pishoq traydi
Like | 0
Nadiwka996 Vay cirak rostan trikmi
Like | 0
Adham1112 yorib qoyvottide kinoniyam chozib
Like | 0
Irodabonu Rahmat ! Admin
Like | 0
sarbon1997 Chirag qanaqasiga tirik buladi tushunmadim sababini bilsangiz aytilar
Like | 0
sokin чирак тирик хали
Like | 0
sokin чирак тирик хали
Like | 0
1-20 21-29
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное