Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sevara Nazarxon Olma-Otada konsert berdi

BBC Radio Awards for World Music talqini bo‘yicha Osiyoning eng yaxshi qo‘shiqchisi, xonanda Sevara Nazarxon 23 mart kuni Olma-Ota shahrida konsert dasturini taqdim etdi.

 Sahnaga Sevara kamtarona libosda chiqdi, uning aytishicha, bundan maqsad tomoshabinlarning e’tiborini faqat musiqaga jalb qilishdir. Sevara o‘zbek, ingliz va rus tillarida qo‘shiqlar ijro etdi. Sevara ijrosidagi Lara Fabianning "Je t’aime" qo‘shig‘ining kaver-talqininimuxlislar katta olqishlar bilan kutib olishdi. Shu kni zalga aytish lozimki, uning eng ashaddi muxlislari tashrif buyurishdi va konsert davomida uni qo‘llab-quvvatlashb turishdi. 

"Qo‘shiqlarning matnini o‘zim yozaman va asosiy e’tiborni matngaqarataman”,- deydi Sevara. "Agar matn menga ta’sir qilsa, demakqo‘shiq meniki, kaverlarni tanlashda ham faqat o‘zimning ko‘nglimga yaqin bo‘lganlari saralab, ijro etaman”.

Musiqa ixlosmandlariga Sevaraning qadrdon do‘sti Botirxon Shukenovning tashrifi yoqimli sovg‘a bo‘ldi. Botirning aytishicha, ushbukonsert uchun u Moskvaga safarini ham qoldirgan. KonsertdaSevara qo‘shiq ijro etdi, Botir esa saksofonda unga improvizatsiyaqilib turdi. Ular birgalikda mashhur eski xitlardan biri bo‘lmish"Tolko u lyubimoy mogut bit takie neobiknovennie glaza" qo‘shig‘ini ijro etishdi. Konsertni o‘zbek xalq qo‘shilqari "guldastasi" yakunlab berdi. Ushbu qo‘shiqlar ham muxlislar tomonidan munosib kutib olindi, ular konsertdan so‘ng ham ancha paytgacha tarqalishmadi va Sevaradan dastxat olishga oshiqishdi.

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazaxon aprel oyida Rossiyaning qator shaharlariga ham gastrol safarini rejalashtirgan.


Manba:darakchi.uz



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3478 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevara Nazarxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное