Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sevara Nazarxonning mastavasi ruslarni lol qoldirdi


Bugun Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish qilingan "Tushlik vaqti” ("Время обедать”) ko‘rsatuvida hamyurtimiz Sevara Nazarxon ishtirok etdi. Dastur mavzusi "Ruscha obiyovg‘on (poxlyobka) yoki o‘zbekcha mastava” deb ataldi. Iste’dodli xonanda xushxo‘r mastava tayyorlab, o‘zining pazandalik mahoratini ham namoyish qildi.

Ko‘rsatuv davomida Sevara turmush o‘rtog‘i uning oshxona ishlari, ayniqsa, ovqat pishirish bilan ovora bo‘lishini, natijada ijod ishlaridan chalg‘ishini istamasligi ma’lum qildi.

Ko‘rsatuv qoidalariga ko‘ra, shouda Sevaraning mastavasi bosh oshpaz tomonidan pishirilgan ruscha obiyovg‘on bilan "bahslashdi”. Teledastur so‘ngida hamyurtimiz tayyorlagan taom g‘olib bo‘ldi. Xonandaga esdalik sovg‘a — fartuk topshirildi.

Mastava xonandaning eng sevimli taomi bo‘lib, uni o‘z onasining qo‘lidan tanovvul qilishni yoqtirishini bildirdi. "Xorijga gastrol safarlarimdan Toshkentga qaytganimda, onamdan issiqqina mastava pishirib berishini iltimos qilaman”, — dedi Sevara.

Manba:daryo.uz



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4967 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Mastava, Sevara Nazarxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
_KLEOPATRA_ Y omad!
Like | 0
SHERDIL пишет: | 28.11.2013 | 11:44 #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Sevaraga Gapyo'q omad tilayman.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное