Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Tanho malagim - Soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
Главная » Файлы » SERIALLAR HAQIDA

Sevgi Iztirobi: Nihonni o'g'rilab ketishdi 59-63 qismlar (Haftalik voqealar rivoji)


Telbalarcha sevuchi oshiq qalblar haqidagi sevimli serialimiz davom etadi.

Juda ko’plab foydalanuvchilarimiz talab va istaklariga bionan serial voqealar rivoji haqida yozishga qaror qildik. Albatta bu onson bo’lmaydi. Bizga siz foydalanuvchilarimiz yordami ham zarur. Voqealar rivoji saytimizda yozilayotgani haqida do’stlaringizga ham habar bering, maqola qancha ko’p o’qilsa biz davomini yozish haqida hulosa qilishimiz onson bo’ladi.

Demak Haftalik voqealar rivoji (59-63 QISMLAR)

Kamol va Zehir Karan yashiringan joydan uni qutqarishdi. Kamal undan 5 yil avvalgi voqealar haqida so’radi ammo Karan erisiz gapirmasligini, Avval erini qutqarib kelishini, keyin barchasini aytishini aytib berishini aytadi.

Boshqa yo’l bo’lmagach Kamal Karanni erini ham qutqarish uchun boradi va uni qutqaradi. Karanning erini olib kelishganda esa Karan o’lib bo’lgandi, Qo’lida esa qurol…Qiziq uni kim o’ldirdi, yo o’z joniga qasd qildimi…

Voqealarni bizda kuzating…

Karenni Kamalning akasi Tariq o’ldirgan edi. Avval hech qachon qotillik qilmagan Tariq ancha vaqtgacha o’ziga kelolmay yuradi. O’ziga kelib olish va barchasini unitish uchun Bonuning oldiga boradi.

Karenning eri Toner esa barcha aybni o’z bo’yniga olib, qamalib ketadi.

Bunday qilishni unga Amir buyurgan edi.

Amir Kamalning odamlari uni kuzatib yurganini sezib qolgani uchun barchasini atayin uyishtiradi, Kamal Karenni qutqargani kelganida Kamalga avval erimni qutqarib kel deb aytishni ham Amirni o’zi buyurgandi, Bundan maqsad Kamal ketgan vaqtida Tariq kelib Karenni o’ldirishi va bu ishda Kamalni akasining qo’li borligi bilan keyinchalik Kamalni o’zini ham qo’rqitish edi.

Tamir ham Karenning o’limini o’z bo’yniga olib, palitsiyani o’zi chaqiradi, Buni ham avvaldan Amirni o’zi Tamirga aytgandi, bir yildan so’ng uni qutqarib olish sharti bilan bu ishga uni ko’ndiradi.

Kamol qancha so’ramasin Toner buni aytmaydi.

Uyindan hech ayrilishni istamagan Leyladan Vildan baribir uning uyini olib qoyadi. Bunda ham G’olib Kuzjuo’g’lining qo’li bor edi. U Leyla va Nihonni auksionga borishlarini kechiktirib turish orqali uyni Vildan sotib olishiga erishadi.

Keyin esa huddiki yordam berishni istagan insondek G’olib Leylaga yordam berishni taklif qilish orqali unga yaqin bo’lib olishni rejalashtiradi.

O’zan va Zaynab turmush qurushlari haqida gazetada e’lon qilishadi.

Tez kunlarda to’y.

Laylo pochta orqali direktorlar kengashining bir necha yil avvalgi qarorlarini qabul qiladi, endi u bu hujjatlar orqali qayta davo arizasi beradi. Bu uni uyini qaytarib olishiga yordam berarmikin… (Bu hujjatlarni unga Nihonning otasi yuborgan edi).

Nihoyat mana Ozan va Zaynabning toyi kuni.

Nihon Kamaldan to’yga kelish kelmasligi haqida so’raydi. Kamal otasi bo’lgan to’yda u ham ishtirok eta olmasligini aytadi.

Ozan Zaynabni otasiga bugun toyda birga bolishligini, Zaynabni yonida bolishligini iltimos qilib boradi.

Ota-ona esa Kamalga qong’iroq qilib bugungi Zaynabning visol oqshomida uni yolg’iz qoldirmasligini aytishadi.

Kamal va Asu to’yga birgalikda borishadi.

Kamal to’yda Tofonni ko’rib qolib uni qorqitib ko’radi.

Kamal va Zaynab to’yda birgalikda raqsga tushishadi.

Tadbir yakunida To’fon Kamalga Karenning qotili yashiringan joy manzilini beradi. Kamal manzilni olib boradi, eshikni ochgan o’z akasini ko’rib hayratlanadi Kamal. Nahotki mening akam qotil, bu bo’lishi mumkin emas deya, To’fonning uyiga boradi, Uni endi so’roq qilmoqchi bo’lganda ko’zi Amir Ko’zjuo’g’liga tushadi, Amir Kamolga: Ha bu qotillikni akang qildi, agar bu ishni kavlashni to’xtatmasang akang ham qamaladi degan so’zlar bilan Kamalni qo’rqitishga harakat qiladi.

Asuning amakisi o’lmoqda.

Amakisi Kamalni chaqirib o’limi yaqinligi kampaniya va Asuni unga topshirishini aytadi. Kamal esa boshqasini sevishini Asuni baxtli qila olmasligini aytadi.

Karajahan esa buni bilishini Nihonni sevishidan habari borligini ammo u endi boshqa insonga tegishli ekanligi Kamol ham oila qurishi lozimligini aytadi, ammo Kamal shunday bo’lsa ham Nihonni sevishdan to’xtamasligi haqida aytib chiqib ketadi.

 

Endi esa Nihonni o’g’irlab ketishdi.

Qiziq uni kim o’g’irladi.

Bu ishni Karenning turmush o’rtog’I Tamir qamoqxonadagi yangi do’stlari bilan kelishgan holda amalga oshirgan edi. U xotini Karenning o’limi uchun qasos olishni, Amirning yagona sevgilisi, hayotining mazmuni Nihondan judo qilishni rejalashtirgan edi.

Kamal ham Emir ham Nihonni qidirishmoqda.

Bir necha soatlik qidiruvdan so’ng Nihon yashiringan joyga birinchi bo’lib Kamal yetib keladi va Nihonni qutqaradi.

Bir vaqtning o’zida bu yerga Amir ham o’z odamlari bilan kelayotgan edi.

Kamal, Nihon va Zehir (Kamalning do’sti) birgalikda qochib ketishayotgan vaqtda qotillardan biri o’ziga kelib qurolini ko’targancha bir-necha bor o’q uzadi, Qiziq o’q kimga tegar ekan. Kamal va Nihon birgalikda qocha olisharmikin…

Bu savollarimizga javobni keying haftadagi voqealar rivojida yoritamiz.

Serialni ko’rishda davom eting, eng qiziqarli voqealar hali oldinda…

(Eslatma: Yuqoridagi voqealar rivojida haftalik voqelikning eng qiziq holatlarigina bayon etilgan. Batafsil tavsilotlari bilan faqatgina filmning har bir qismini ko’rib baho berishingiz mumkin).

U.Shox tayyorladi.



Manba:tarona.net
Категория: SERIALLAR HAQIDA
Просмотров: 15620 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi Iztirobi, Voqealar rivoji
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
tilep1986 севги изтирови сериал кахорманоари хакида ватафсил билгимиз келади
админbu haqida batafsil malumot saytimizda mavjud!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное