Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ishq Ertagi - Title sound
. Tanho malagim - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahlo Ahmedova Nadejda Babkinaga shogird tushdi


O‘z uslubini yarata olgan yosh, iste’dodli xonanda Shahlo AHMEDOVA oxirgi kunlardarespublikamizning turli viloyatlari hamda qo‘shni respublikalarda ijodiy safarlarbilan band bo‘ldi. Darvoqe, u shu yil talabalar safiga qabul qilindi. Shahlo bilan shumavzuda suhbatni boshlab, ijodiy yangiliklar va quloqqa chalingan ayrim mish-mishlarhaqida gurunglashdik.

— Shahlo, so‘nggi bor xabarlashganimizda «Moskva shahriga ketyapman, o‘qishga topshirdim» degandingiz...

— Siz bilan qo‘ng‘iroqlashganimizda Rossiya teatr va san’at instituti (GITIS)ga hujjat topshirayotgandim. Imtihon javobi 18 iyul, ayni tug‘ilgan kunim sanasida e’lon qilindi. Talaba bo‘ldim!

— Tabriklaymiz!

— Rahmat! Hozir sirtqi bo‘limning birinchi kursida tahsil olyapman. Bu yil men uchun omadli keldi. Ijodimda yaxshi yangiliklar bo‘ldi, o‘zim istagan yo‘nalishda o‘qishga kirdim. Behad baxtiyorman!

 

— San’at yo‘nalishida o‘qishni istasangiz, o‘zimizda ham sharoitlar yetarli. Nega aynanGITISni tanladingiz?

— Bir necha yillar oldin O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjat topshirdim. Ammo ijodiy imtihondan o‘tolmadim. Negadir, menga past baho qo‘yishdi. Vaholanki, imtihonga puxta tayyorlangandim. Nima sababdan imtihondan yiqildim, bilolmayman. Bu voqea menga juda qattiq ta’sir qildi. O‘z iqtidorimga shubha qilib qolgan paytlarim ham bo‘ldi. Biroq onam tushkunlikka tushib qolishimga qo‘ymadilar. Bugun esa ortda qolgan voqealarni xotirlab, har narsaning bir hikmati bor ekan, deyman. Konservatoriyaga qabul qilishmaganidan so‘ng biroz fursat o‘tib, Moskva shahridagi san’at institutida o‘qishga kirish fikri paydo bo‘ldi. Bu safar yanada puxtaroq tayyorlandim.

— Xo‘sh, u yerdagi o‘qitish uslubi sizga ma’qul bo‘lyaptimi?

— Ha. GITISda badiiy rahbarimiz Rossiya xalq artisti Nadejda Babkina. Bu san’atkorning qo‘lida tahsil olayotganim men uchun katta sharaf. Konservatoriyaga o‘qishga kirolmaganimdan qattiq ranjigandim. Bari ortda qolgan bo‘lsa-da, ijodiy imtihondan o‘tolmaganim bejiz emas ekan, deb o‘ylayman. Axir menga atalgani boshqa ekan-da.

— Kursdoshlaringiz xonandalik faoliyatingiz bilan tanishmilar?

— Toshkentda ijod qilishim haqida hech kim bilmasdi. Imtihonlarda xonandalik faoliyatim to‘g‘risida gapirmadim. O‘qishning birinchi kunida kursdoshlar bir-birimiz bilan tanishdik, birga suratga tushdik va suratlarni instagramga joylanayotganida, sirim fosh bo‘ldi (kulimsirab). Instagram sahifamdagi do‘stlarim sonining ko‘pligi, men haqimdagi izohlar, suratlarni ko‘rib, ular «Sen hali yulduzmisan? Nega bizga aytmading», deya taajublanishdi. Ijodim haqida so‘zlab berganimdan so‘nggina ular mening san’atkor ekanimdan xabar topishdi.

— Bir necha haftalardan buyon Toshkentdasiz, yo ta’tilga chiqdingizmi?

— Ha, hozir ta’tildaman. Bir oylardan so‘ng yana Moskvaga uchib ketaman. Sirtqi bo‘lim qonun-qoidalariga ko‘ra, ma’lum muddat tahsil olamiz, so‘ng bir necha oy ta’til beriladi.

— Kelib-ketib turibsiz, bu ijodingizga ta’sir qilmayaptimi?

— Yo‘q, aksincha san’at yo‘nalishida o‘qiyotganim menga yanada ko‘proq ma’lumot olish imkonini beryapti. Ilhomlanyapman!

— Sal avval qo‘shni respublikalar va viloyatlar bo‘ylab ijodiy safarlarda bo‘ldingiz. Sizni qanday kutib olishdi?

— Qaerga bormaylik, bizni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olishadi. Viloyatlarda «Kerakmas» nomli qo‘shig‘imni ko‘p so‘rashadi. Bu taronamni besh-olti marotabalab, takroran ijro qilgan paytlarim ham bo‘ldi. Qayta-qayta kuylayotganimdan hijolat tortsam-da, «Talablariga binoan yana «Kerakmas» qo‘shig‘i» derdim. Qo‘shni respublikalardan ko‘proq Qozog‘iston davlatida bo‘lib turaman. U yerdagi muxlislarim ijodim bilan yaxshi tanishlar va hamisha meni iliq kutib olishadi.

— Darhaqiqat, «Kerakmas» qo‘shig‘i sizga omad keltirdi. Taronada foydalanilganluqmalarni kim o‘ylab topgan?

— Bu qo‘shiq yaratilishidan oldin, bir necha bastakorlarga funk uslubidan foydalanish taklifi bilan chiqqanman. Ammo ko‘pchiligi «Yaxshi chiqarmikan», deya ikkilanishardi. G‘oyamni bastakor Bobur Umarovga aytganimda, u fikrimni ma’qulladi. O‘zaro hamkorligimiz natijasida esa bugun barcha sevib tinglayotgan «Kerakmas» taronasi yaratildi! Qo‘shig‘imning ommalashishi haqida ko‘p so‘rashadi. Yangicha uslub, yangicha yondashuv... hammasi to‘g‘ri, lekin Yaratganning inon-ixtiyori bilan omadingiz kelsa, boshlagan ishingiz xayrli bo‘ladi. Keyingi taronalarimda ham funk uslubidan foydalanyapman. «Kerakmas» qo‘shig‘im bilan o‘zim xohlagan yo‘nalishni muxlislarimga taqdim etoldim. Yaqinda «Qani» deb nomlangan yangi ijod maxsulini havola etishni reja qilyapmiz.

— Qaysidir san’atkor yangilik qilsa, darrov undan nusxa oluvchilar ko‘payib qoladi. Angladingiz-a, nima demoqchi ekanimni?

— Ha! Mening uslubimda ijod qilayotganlar, videokliplardagi obrazimdan nusxa olayotganlar bor. Kim, qaerda, qanday kuylayapti, deya kuzatmasam-da, muxlislarim xabar berib borishadi. Mayliga, ijro uslubim ma’qul kelayotgan ekan, foydalanishlari mumkin. Axir kim kimdan nusxa olayotganini tomoshabin yaxshi biladi. E’tirozim bo‘lmasa-da, fikrimcha, san’atkorning kimningdir ijro yo‘nalishiga taqlid qilishi, noto‘g‘ri. Negaki, men ham o‘z yo‘nalishimni topgunimga qadar, ko‘p mehnat qildim, izlandim. Qolaversa, o‘zim ham har kimga muxlislik qilavermayman.

— Xo‘sh, siz muxlislik qiladigan san’atkorlar kim?

— O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ijodini hurmat qilaman. Sevara Nazarxon, Kumush Razzoqova — men qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan san’atkorlarim.

— «Qani» nomli taronangiz haqida so‘z ochdingiz. Klipida professional bokschi RuslanChagaevning ishtirok etgani rostmi?

— Ha! Kechagina shu haqida instagram sahifam orqali ma’lum qildim. Tamoman yangicha talqinda suratga olingan klip. Ammo syujeti haqida aytolmayman, sir bo‘la qolsin. Yaqin kunlarda video ketma-ketlikni muxlislar e’tiboriga havola qilamiz.

— Kliplar tugul teleloyihalarda ham o‘ylanib ishtirok etadigan Chagaevni hamkorlikkaqanday ko‘ndirdingiz?

— (kulimsirab) Ruslan bilan do‘stmiz. Bir-birimizga «Oshna» deb murojaat qilamiz. Vodiy taraflarda, do‘stlar bir-birlarini shunday chaqirisharkan. Ruslan AQShda yashaydi, klipda suratga tushish uchun taklif qilib, unga ssenariyni jo‘natdim. Rozi bo‘ldi. S’yomka ishlaridan so‘ng yana AQShga uchib ketdi. Qolgani klipni tomosha qilib bilib olasiz.

— Shahlo, milliy yo‘nalishda ijod qilmay qo‘yganingizning sababiga qiziqsam?

— Milliy yo‘nalishni unutib qo‘yganim yo‘q, Lola opamning «Bolicha» nomli qo‘shiqlarini qayta ijro etmoqchiman. Asli bu ashulani tanlovlarda ko‘p bora kuyladim. Endi bo‘lsa, o‘z talqinimda havola qilaman.

— Opangiz Lola Ahmedova bilan birga duet kuylamoqchi edingiz?

— Rejam hali ham o‘z kuchida, biroq ko‘nglimga yoqqan tarona chiqmayapti. Opam singari men ham sifatli ijod maxsuli tarafdoriman. Shu bois ikkimizga ham ma’qul tarona bo‘lsa, albatta, duet kuylaymiz.

— Prodyuseringiz hali ham onangizmi yo alohida ijod qilyapsizmi?

— Onam hamisha yonimdalar. Prodyuserlik vazifasi ham u kishining zimmasida.

— Ishda ona-bola munosabatlarining ta’siri seziladimi?

— Avvallari oz-moz sezilib turar edi, hozir bo‘lsa, ulg‘aydim, faqat yaxshi taraflarini ko‘ryapman. Onam, ish jarayonida meni koyib berishlari, hammaning oldida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishlari mumkin edi. Yosh bo‘lganimgami, volidamning so‘zlaridan xafa bo‘lib qolar edim. «Iltimos, hammaning oldida meni urishmang», derdim. Hozir esa onam menga to‘liq ishonadilar. Kliplarim uchun g‘oyani o‘zim ishlab chiqaman, tanlov ixtiyorini o‘zimga topshirib qo‘yganlar. Onam hamisha yonimda bo‘lishining afzalliklari ko‘p. S’yomka paytlari hech kim sizga onangizchalik qayg‘urmaydi. Ba’zan qor-yomg‘irda soatlab ishlashimizga to‘g‘ri keladi. O‘zimga qolsa-yu, e’tibor bermasligim mumkin, ammo onam «Ovqatlanib olishi kerak, charchab qoladi. Sovuqda turib qoldi, isinib olsin», deya tashvishimni qiladilar. Yaratganga shukr, shunday paytlarda volidamning yonimda ekanligidan xursand bo‘laman.

— Ana endi siz haqingizda tarqalgan mish-mishlar haqida so‘rasam. Sanjar Xoliqovbilan o‘rtangizda nima bor?

— Sanjar bilan 2013 yilda tanishganmiz va shundan beri do‘stmiz. Vaqti-vaqti bilan uchrashib turamiz, tadbirlarda birga ishtirok etamiz. Ovoz yozish studiyalarida birga ijod qilishimiz mumkin. Shu choqqacha hech kim do‘stligimizga shubha qilmagan. Sanjar ham ijod qila boshlagach, ikkimizni birga ko‘rganlar buni muhabbatga yo‘yishdi. Jahongir Poziljonov rejissyorligida suratga olingan filmga ikkimiz birga saundtrek kuyladik, so‘ng qaysidir tadbirga birga tashrif buyurdig-u, gap-so‘zga qoldik. Aslida esa Sanjar bilan o‘sha-o‘sha do‘stmiz. Ha-ya, yana bir voqea, Barsa futbol jamoasiga muxlislik qilaman. Shu munosabati bilan opam Zulayho ikkimiz Barselonada bo‘lib qaytdik. Mendan keyin Sanjar ham Barselonaga borgan va u yerda qo‘shig‘iga klip suratga olingan. Safarda tushilgan suratlarni istagramga ketma-ket joylashimiz, tasodif asli, biroq shundan keyin «Ikkisi birga Barselonaga borib kelibdi» degan mish-mish bolaladi.

— Bundan chiqdi, Sanjar bilan do‘stsiz, xolos?

— Do‘st va ijodiy hamkormiz. Duet ustida ishlayapmiz.

— Muhabbat?

— Yo‘q! Bo‘lishi ham mumkinmas!

— Xo‘p yaxshi, qo‘lingizni so‘rayotganlar ko‘p bo‘lsa kerak, atrofingizda?

— (kulisirab) Іa... Ammo turmush qurish haqida bir nima deyolmayman. Hammasi o‘z vaqti-soati bilan amalga oshadi.

— Sizni ko‘pchilik o‘ziga bino qo‘ygan qiz, deydi. Mana, kulishib suhbatlashyapmiz-ku?

— Buni o‘zimga ham ko‘p aytishadi. Ammo kibrli emasman. Shunchaki, kirishimli bo‘lolmayman, xolos. Hatto, biror tadbirda ishtirok etsam-u, atrofimdagilarni tanimasam, yolg‘iz qolib ketsam ham qo‘shilib ketishim qiyin. Onam kichikligimdan ehtiyotkorlikka o‘rgatgan. Qolaversa, xarakterimga ko‘ra vazminman. Shovqin-suronni yoqtirmayman, bo‘sh vaqtimni oilamiz davrasida, o‘zim uchun osoyishta muhitda o‘tkazishni istayman.

— Hamkasblaringiz davrasida kam bo‘lishingizning boisi shu ekan-da?

— Tadbirlarda san’atkorlar bilan tez-tez ko‘rishib turamiz. Barchasini hurmat qilaman. Vaqtim tig‘izligi, rejalarim ko‘p bo‘lgani bois ishimni tamomladimmi, yaqinlarim oldiga shoshilaman.

— Kirishmli bo‘lishni istarmidingiz?

— Albatta, balki kun kelib, xarakterim o‘zgarar, bu kamchiligim ham to‘g‘rilanar.

— Har birimiz o‘zimiz uchun qulayini tanlaymiz. Suhbat uchun rahmat!

— Sog‘ bo‘ling!

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4066 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahlo Ahmedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное