Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - All I want
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

40 metrlik kran, quyosh botishi... "ko‘nglim senda"!

Shahlo Ahmedova shoubizga porlab kirdi. Uning sanoqli kliplari bor. Biroq, mashhurlik bobida tengqurlaridan ancha ildamlab ketdi.
Shahloning yangi klipi suratga olinish maydonchasidan ajoyib suratlar diqqatimizni tordi. Ijodiy guruh 40 metrlik kran yordamida tomga ko‘tariladi! Voqealar ancha qiziq bo‘lgani tayin. Shahlodan yangi klip tafsilotlarini gapirib berishini  so‘radik.
-Yaqinda “Ko‘nglim senda” qo‘shig‘imga klip suratga oldirdik. Men muxlislarimga navbatdagi ijod mahsulim deya ko‘r-ko‘rona klip taqdim etmayman. Har bir ijodiy ishimga alohida mas’uliyat bilan yondoshaman. Shu boisdan yangi klipimga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. G‘oyalarimni shakllantirgach, klipmeyker Yodgor Nosirov bilan maslahatlashdim. Ishga kirishdik. Quyosh botishi pallasini yoqtiraman. Biz izlab topgan tomdan bu palla o‘zgacha ko‘rinadi. Nima qilib bo‘lsa ham o‘sha tomga chiqish kerak. Birdan bir yo‘li u yerga kran orqali ko‘tarilish kerak. Kranga buyurtma berdik. Vizajist anjomlaridan tortib, suratga olish uskunlarigacha va barcha ijodkorlar kran orqali tomga ko‘tarildik. Bunday balandlikka ilk bora ko‘tarilishim emasmi, qattiq hayajonlandim. Ertalab 11:00 da tomga chiqdik. Kechqurun 11larda yana pastga tushdik. Axir, suratga olish ishlari xamirdan qil sug‘urishdek emas-da! – deydi, 40 metrlik kran bilan bog‘liq voqeani eslagan xonanda.
“Ko‘nglim senda” she’ri, musiqasi va aranjirovkasi Bobur Umarovga tegishli. Shahlo ijodidagi deyarli barcha qo‘shiqlar aynan shu ijodkorga tegishli.
Klipni suratga olish jarayonida ijodiy guruh xonandaning surati tushirilgan futbolkalar kiyib olishdi.
Yodgor Nosirovga ko‘ra, “Ko‘nglim senda” – Ahmedovaning yangi qirralarini ochadi. U klip lavhalarida raqs harakatlarini erkin namoyon etishga uringan. Darvoqe, klipni faqat quyosh botishi onlari emas, studiyada suratga olingan lavhalar ham boyitadi.  
Premerani kutamiz.
Jasur HAMROYEV  


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6095 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: ko‘nglim senda, Shahlo Ahmedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
aysaule пишет: | 10.05.2016 | 06:24 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Yangi klip chiqaversinchi qay darajada klip olinganini ko'ramiz va albatta baho beramiz. Hozircha esa Shahloga faqat omad. :p :p :p :p :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное