Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. TisMarHan-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Titanik-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahlo Ahmedova va Jasur Umirov kliplari saviyasiz deb topildi


“O‘zbekkonsert” qoshidagi kengash xonanda Shahlo Ahmedova va Jasur Umirovning kliplarini rad etdi.

Kecha, 16 iyul kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, kengashda 10 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.
Videokliplarni baholashda Kengash a’zolari ijodiy ishdagi badiiy va professional yondashuvlarga hamda xalqimiz tarbiyasi va dunyoqarashiga ta’sir etish darajasiga e’tibor qaratdi.

Aniqrog‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Axmedovaning “Erka desam”, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldashevaning Ozarbayjon tilida kuylangan “Man bir ayri”, xonanda Xurshid Rasulovning “Yoshligimga qaytgim keladi”, xonanda (Shahzoda) Zilola Musayevaning “Jajji qizaloq” hamda xonanda Navro‘z Sobirovning “Bu tuproq” deb nomlangan qo‘shiqlariga ishlangan kliplari muhokama etilib, ushbu ijrochilarga kliplardagi ba’zi juz’iy kadrlarni to‘g‘rilash sharti bilan efirga uzatish uchun tavsiya berildi.

Xonanda Shahlo Axmedova ijro etgan “Indama” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, “oldi-qochdi” jumlalardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan, ma’naviyatimizga zid xatti-harakatlar, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qiluvchi raqslar aks etganligi bois, ushbu klip rad etildi.

Xonanda Hadicha Qurbonova ijro etgan “Yolg‘iz qiz” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip to‘liq nihoyasiga yetmaganligi hamda musiqasini milliy cholg‘ular asosida boyitish kerakligi tushuntirildi. Xonandaga klipni tayyor holda navbatdagi Kengashga topshirilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, xonanda Jasur Umirov ijrosidagi “Xo‘rlandi yurak” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda kompyuter grafikasidan o‘rinli foydalanilmaganligi, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va videoklipdagi ayrim o‘rinsiz kadrlar olib tashlanishi lozimligi ijodkorga tushuntirilib, ushbu klip rad etildi.

Xonanda Nodir Niyozov tomonidan ijro qilingan “Ona” qo‘shig‘i matni yaxshi yozilgani e’tirof etilib, klipdagi tushunarsiz kadrlarga e’tiroz bildirildi. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, xonandaning videoklipi Badiiy Kengashda qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Xonanda Elvira Yusupova (“Ko‘k choy” guruhi) ijro etgan “I love you, Bukhara” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi ayrim juz’iy kamchilik ya’ni yigit tomonidan qizni ko‘tarish raqsi olib tashlash tavsiya etildi. Xonanda tomonidan joyida to‘g‘rilanganligi uchun ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekkonsert” tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevga berilgan lisenziya tugatilgani va oradan ko‘p vaqt o‘tmay, uning lisenziyasi qaytarilgani haqida xabar bergan edik.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6936 | Рейтинг: 0| Рейтинг: deb topildi, Shahlo Ahmedova, Jasur Umirov, saviyasiz, Klip
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное