Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahlo Ahmedova: “Shou-biznesda do‘stlarim yo‘q”


Yosh xonanda Shahlo Ahmedova shou-biznesda do‘stlari yo‘qligi, nega ishlari cho‘zilib ketishi va xonanda bo‘lmaganida kim bo‘lishi mumkinligi haqida MyDay nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qo‘shiq yoki klip yaratishga qo‘l urganimda boshidan aniq maqsad qo‘yaman va nima xohlayotganimni bilaman. Ammo musiqa bastalanayotgan vaqtda o‘zgartirishlar kiritishim mumkin.

Ijodda injiqman. Shu sababli ko‘p ishlarim cho‘zilib ketadi.

Ijod uchun vaqtimdan va uyqudan voz kechganman.

 

Hozirgi kunda ijodda Bobur Umarov bilan hamkorlik qilmoqdaman. Undan tashqari Jasur Badalboyev bilan ham birga ishlaganmiz.

Shou-biznesda umuman do‘stlarim yo‘q, lekin hamma ijodkorlarni hurmat qilaman. Mening do‘stim - onam.

Hozirgi kundagi maqsadim - o‘z ustimda ishlash. Yuksalishga harakat qilish.

Nasib qilsa, 3-4 yildan so‘ng konsert dasturimni havola qilishni rejalashtirganman.

Agar xonanda bo‘lmaganimda, dizayner yoki modellik kasbini tanlardim. Juda ham modaga qiziqaman.

Insonlarda qadrlaydigan hislatlarim bu - rostgo‘ylik, insoniylik va samimiylik.

Yevropa va Amerika davlatlari bo‘ylab sayohat qilish juda ham yoqadi.

Kech qolish odatimni to‘g‘irlashni istar edim.

Shuningdek, xonanda o‘zining yangi “Qani” deb nomlangan taronasiga sujet yo‘nalishida klip suratga oldirdi.

Muxlislarim taklifiga binoan klipni syujet yo‘nalishida olishga qaror qildim. Yana bir narsani aytib o‘tmoqchiman, videoklipimizda taniqli bo‘lishiga qaramasdan, avval hech qaysi kliplarda rol ijro etmagan insonni muxlislar ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bu insonni kimligini esa klip premyerasidan so‘ng bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Hozircha esa bu sir.

Shahlo Ahmedova, xonanda



Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6918 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahlo Ahmedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное