Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzodaning 15 yillik yubiley konsertida kutilmagan yulduzlar

Bugun estramizning eng yorqin va maftunkor xonandasi Shahzodaning 15 yillik yubiley katta konsert dasturiga start berildi. Bahor faslining go‘zal pallasida Shahzoda o‘z muxlislarini muhtasham “Istiqlol” san’at saroyiga jamladi, tashrif buyurgan xonandaning asl muxlislari  misli ko‘rilmagan darajadagi katta shou dasturining mehmoni bo‘ldilar. Qalblarda his hayajon, go‘zal orzular, yaxshi niyatlar va samimiy tabassum bilan sahnada bugunning malikasi Shahzoda paydo bo‘lganida tabiiyki undagi xis xayajon, tuyg‘ular zalda o‘tirgan har bir ashaddiy muxlisning qalbida ham tug‘yon qilardi. Konsert qanday bo‘larkin?.. 
Konsert dasturini tomosha qilib bir olam taassurotlar bilan, uzoq kutilgan bu shou kutilgandan ham qiziqarli va juda fayzli o‘tdi deya olamiz. “Ijodimga 15 yil” deya nomlangan shou dastur Shahzodaning shu vaqt mobaynidagi ijodiy izlanishlari, yaratgan ijod mahsullari va albatta san’at olamidagi yutuqlarining yana bir bora isboti sifatida namoyon qildi. Zal to‘la anshlag, sahnada katta va bir nechta kichik monitorlar, ular bilan uyg‘unlashgan yorqin chiroqlar, xonandaning har bir qo‘shig‘iga mos ravishda dekoratsiya rekvizitlarini o‘zgarib turishi sahnaga ajoyib ko‘rk bag‘ishladi.
Shahzoda estradamizning yorqin namoyondasi Shohruhxon bilan “Unutolmadim” duetini kuylaganida butun zal ularga jo‘r bo‘lgan bo‘lsa,  “Bojalar” guruxi Jahongir Poziljonov bilan taqdim etgan duetlari tomoshabinni raqsga chorlab, yuziga tabassum, qalbiga quvonch ulashdi.
Ulug‘bek Rahmatullaev bilan aytilgan duet tarona esa barcha uchun yangilik bo‘ldi. Iste’dodli xonanda Jasur G‘oipov bilan birgalikda kuylangan, barchaga tanish xit bo‘lgan duet zalga yanada jon bag‘ishladi. Umuman xonandaning har bir chiqishi kutilmagan syurprizlarga boy bo‘ldi desak adashmaymiz. 
Tomoshabin uchun sevimli va qadrli bo‘lgan “Hayot ayt” taronasi hech kimning hayoliga ham kelmagan, iste’dodli aktyor Ulug‘bek Qodirov va Guli Eshonqulova jo‘rligida taqdim etildi. Bir qancha yangi taronalar, shular qatorida tinglovchilarning qalbidan joy egallagan, xit darajasiga ko‘tarilgan qo‘shiqlar muxlislarni quvontirdi.  
“Chicco” va Chiccita”  taronalari yangraganida beg‘ubor bolajonlar ishtirokidagi sahna ko‘rnishi hammaga zavq bag‘ishladi.  Har bir qo‘shiq uchun sahnalashtirilgan raqslar, tanlangan liboslar, sahna dekoratsiyalari, xonandaning sahnada o‘zini erkin tutishi hammasiga tasanno aytish mumkin. 
Yubiley konsertning eng yorqin, esda qolarli tomonlaridan yana biri har bir blok orasidagi o‘qilgan hayotiy monologlar bo‘ldi. Ularni tinglar ekanmiz go‘yoki sevimli xonandamiz butun hayoti va ijod yo‘lidagi turli hil to‘siqlardan qanday o‘tgani va ularni qanday yenggani haqida gapirayotganday edi.
“Baht nimaga kerak insonga agar ko‘ngilda orzu bo‘lmasa...” mana shu satrlar meni o‘ylantirib qo‘ydi. Haqiqatdan ham... Xonanda o‘z muxlislariga bugun nafaqat chiroyli dastur tuhfa qildi balki ularning hayotga bo‘lgan qarashlarini ham o‘zgartirgan bo‘lsa ajabmas.
Har bir o‘qilayotgan monolog so‘nggida “Men baxtlimanmi?” degan yozuv paydo bo‘lishi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan bo‘lsa kerak. Bu savolning javobi konsert dasturining so‘nggida ayon bo‘ldi. “Men baxtliman” deya o‘zining quvonchi, orzulari, ularning ruyobi, haqiqiy baxtini ko‘rsatib bera olgan, tomoshabinga quvonch, haqiqiy shodlikni, bayramni ulasha olgan maftunkor xonandamiz Shahzodaga rahmat aytamiz. Yubiley konsert dasturining navbatdagi kunlariga kuch quvvat va omad tilaymiz.
Manba:popcorn.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8952 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 1| Рейтинг: konsert, Shahzoda, 15 yillik yubiley
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
6949483 Shagzodaga omad baht va soglik tiliyman u judayam chiroyli va maftunkor kansertlariga tuwolmadm lekin albatta keyingi kansertlariga tuwaman omad szga SHAGZODA
Like | 0
sanjar_777_77 Shahzodani sevamaaaan ♥♥♥
Like | 0
140488 sevimli xonandam Shaxzodaga omad.
Like | 0
Don9498 Waxzoda ijodiga omad.
Like | 0
Asal700 Konsertga tushgandim.Konsertga gap bo'lishi mumkin emas!Konsert judayam zo'r o'tdi! v
Like | 0
Dragones Omad
Like | 0
Dragones Omad
Like | 0
NuR_MuZ пишет: | 05.05.2015 | 10:28 #1 Страница с комментарием
NuR_KR Shahzoda ga omad!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное