Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Shahzoda navbatdagi konsert dasturini e’lon qildi

Konsert tashkilotchilari chiptalar bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmaganini aytishmoqda.
Bugun, soat 17:00 dan e’tiboran Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridagi reklama peshtaxtalariga xonanda Shahzodaning 1-7 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi reklama bannerlarini joylashtirish ishlari boshlanadi. Konsert tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, konsert chiptalarining narxi yuzasidan hali aniq to‘xtamga kelinmagan.

Xonandaning o‘zi hamon oila a’zolari bilan Dubay bo‘ylab sayohatda. Darvoqe, bundan biroz avval Shahzoda Shohrux repper bilan birga “Ket” nomli duet kuyladi. Qo‘shiq va unga ishlangan video klip tez orada muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Bir vaqtlar bu ikki xonanda ijrosidagi “Qayt” nomli duet yoshlar orasida ancha ommalashgan edi. Bu qo‘shiqni haligacha qayta-qayta eshitadigan ashaddiy muxlislar talaygina. Uzoq vaqtli tanaffusdan so‘ng Shohrux “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura bilan birga “O‘zingdan ko‘r” nomli duet kuylagan edi. Ming afsuski, bu duet ikki xonandaning boshqa qo‘shiqlari singari xit bo‘la olgani yo‘q.  Ko‘raylikchi, Shahzoda va Shohrux buning uddasidan qanday chiqarkin? 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5924 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: konsert, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Wox009 exe buncha ko'p bolmasa kerak
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное