Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. Pazanda - The Sound of Love
. Ayol Qalbi - You can't say
. Pazanda - Im Loving You
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Efir Sirlari - Soundtrack
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shaxzoda Muxammedova va Dilorom Omonullayeva o'rtasidagi mojarosi shov-shuvi tugaydimi?
 
Mana bir necha kundirki? ijtimoiy tarmoqlarda, internet sahifalarida Shaxzoda Muhammedova va Dilorom Omonullayeva o'rtasida yuz bergan mojaro haqidaga gap-so'zlar tinmayapti. xattoki "O'zbekiston" telekanalida ushbu mavzu yuzasidan ko'rsatuv tayyorlanib omma e'tiboriga havola etildi. Har kim har xil fikrlar bildirmoqda. Kimdur Shaxzoda Muhammedova qoralasa, yana kimdur Dilorom Omonullayevani. Voqea aslida qanday yuz berganm, buni ularning o'zidan boshqa hech kim aniq qilib aytmaydi. Bu mojaro og'izdan-og'izga o'tib shu darajada avj olib kettiki, birorta axborot manbai qolmadiki, bu haqda yoritmagan. Biz ham ulardan qolmaslik maqsadida bu mavzuga qo'l urib. kim kimga nima dedi? Kim nima deya javob qaytardi? Kim haq, kim nohaq? deya yozmoqchi emasmiz. Biz shunchaki kichik xotima yozishni lozim deb topdik. Bu xotima kelajakda san'at yo'lida ketmohchi bo'lgan insonlar, umuman har bir inson bilib qo'ysa zarar qilmaydigan fikr deb o'ylaymiz.
Avvalo, O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida o'qishni istaganlar, boshlang'ich bilimlarini musiqiy maktabda olgan bo'lishlari lozim. Buning uchun O'zbekistonning har bir tumanida maxsus musiqa maktablari mavjud. Bular ichida eng mashhurlar Toshkent shahridagi "Glier" hamda "Uspenskiy" nomidagi musiqa maktablari va litseylaridir. Mana shu dargohlarda bilim olgan o'quvchilar shubxasiz oliy ta'limni O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida olishlari mumkin. Bunday qoidalarning mavjudligiga sabab, O'zbekiston musiqa va san'at sohasida haqiqiy professional kasb egalarini yetishtirishga intilishdir. Musiqa sohasi biz o'ylaganchalik oson soha emas. Bu sohaning o'ziga xos murakkabliklari, nazariyasi va terminlari mavjud. Buni esa musiqiy bilimga ega, eshitish qobiliyatiga ega talabalargina biladi.
Shaxzoda Muhammedova esa boshlang'ich musiqiy bilimga ega bo'lmaganligi tufayli, tabiiyki Konservatoriyada o'qishga imkoniyati yo'q edi. Ammo uning iste'dodli aktrisa, mahoratli dizayner va boshlovchiligi barchaga ma'lum. Uning qo'lidan kelgan ishlar har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. O'zini qo'shiqchilik sohasida ham sinab ko'rganini bilamiz. Tabiiyki, bu borada katta ustozlardan bilim olishni istagan va O'zDKga tashrif buyurgan.
Mana shunday iste'dodi, havasi bor lekin boshlang'ich musiqiy bilimga ega bo'lmagan talabalar uchun yurtimizda O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti barpo etilgan. Ushbu bilim yurtida ham san'at sohasiga oid har qanday bilimga, oliy ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Bu institutda talabalar "Aktyorlik mahorati", "Sahna nutqi", "Vokal" darslarida mahoratli ustoz va professorlardan bilim olishlari mumkin. 
Dilorom Omonullayeva va Shaxzoda Muhammedovaning o'rtasida sodir bo'lgan mojaroga kelsak, bu ularning shaxsiy ishi, o'tirib olib ularni turlicha muhokama qilish g'iybatning bir turiga aylanib qoladi. Barchaga ma'lum Dilorom Omonullayeva - professor, mahoratli bastakor, Shaxzoda Muhammedova ham aktrisa va dizayner sifatida o'z ishining ustasi. Shunday ekan, bu voqealarni o'zimiz uchun dars deb bilib, kelajakda shunga o'xshash xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaylik!

 
Miracle tayyorladi


Manba:tarona.net
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7945 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shaxzoda Muhammedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное