Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Si Szinpin Samarqandda davlatlar rahbarlari bilan kechki ovqatda qatnashmadi. Nega?

XXR raisi Si Szinpin Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida 11 davlat rahbarlari ishtirokidagi kechki ovqatni o‘tkazib yubordi. Kecha, 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan umumiy suratda Si Szinpin ko‘rinmagandi.

“Reuters” agentligining bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekiston hukumatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Xitoy delegatsiyasi Si Szinpin koronavirus bilan bog‘liq ehtiyot choralari sabab kechki ovqatda qatnashmaganini bildirgan.



15 sentyabr kuni Rossiya va Xitoy rahbarlari SHHT sammiti doirasida uchrashdi. Ular oxirgi marta fevral oyida Putin Pekinga XXIV Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga borganida shaxsan uchrashishgan.

Hozirda 2001 yilda tashkil etilgan SHHTga Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kiradi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlatlar, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka muloqot bo‘yicha hamkorlardir. Tashkilotning 2021 yil sentyabrida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida Eronni qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan edi. Joriy yilda Belarus SHHTga to‘laqonli a’zo sifatida kirish uchun rasman ariza topshirdi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2580 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bilan, Samarqand, kechki, Nega?, qatnashmadi, rahbarlari, Si Szinpin, ovqatda, davlatlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное