Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Singilning or–nomusi uchun aka yetti yilga qamaldi


2017 yil iyul oyida Dilshod ishlash uchun Rossiyaga ketadi. Noyabrda uyga qaytib kelgach, qo‘ni-qo‘shnilar singlisining qadam tashlashi bejo ekanligini aytib, har xil gap qilishadi. Dilshod singlisi shu qishloqlik Ahmad ismli yigit bilan uchrashib yurganini bilib qoladi. Onasi ham bu ma’lumotni tasdiqlaydi va o‘g‘liga «Ahmad bilan gaplash, niyati jiddiy bo‘lsa sovchi yuborsin, odamlar gapiryapti», deydi.

Bir necha kundan so‘ng mahalla inspektori yonidan qaytayotgan yigit tasodifan singlisining oshig‘ini uchratib qoladi.

— Uka, bunday yurishing yaxshi emas. Qo‘ni-qo‘shni gap qilyapti. Sovchilaringni yubor, kattalarning rozi-rizoligida singlim bilan boshingizni bog‘lab qo‘yaylik, – deya Dilshod Ahmadga maslahat soladi. Ammo yigit pinagini ham buzmay bu haqida keyinroq o‘ylab ko‘rishini aytadi. Yigitning o‘zini tutishi Dilshodga yoqmaydi. Ammo sir boy bermaslik uchun «Yana gaplashamiz», deb xayrlashadi.

Uyda mollarga qarayotgan Dilshod darvozadan yig‘lab kirib kelgan singlisi va otasiga ko‘zi tushadi. Nima gapligini so‘raganida singlisi Ahmad qo‘ng‘iroq qilib nafsoniyatiga tegadigan gaplar qilgani, qiz telefonni otasiga berganida u battar haqorat qila boshlaganini so‘zlab beradi. Dilshod «Bu yigit bilan jiddiy gaplashib qo‘yish kerak ekan», deb xayol qiladi. Ammo shu kuni uchrashishga fursat bo‘lmaydi.

2017 yilning 10 dekabr kuni tog‘dan o‘tin olib qaytgan Dilshod onasini parishon ahvolda ko‘radi. Ayol qizi Salimaning mazasi qochib, tili orqaga ketib qolganini aytadi. Shu kuni oila boshlig‘i qizini tuman markaziy shifoxonasiga olib boradi. Dilshod singlisidagi o‘zgarishlarni anglolmayotgan bo‘lsa-da, bunda Ahmadning qo‘li borligini taxmin qilardi.

Oradan bir necha kun o‘tib, Ahmad Salimaga qo‘ng‘iroq qiladi. Ikkisi nimanidir kelisha olmadi chog‘i, qiz «O‘zimni o‘ldiraman, bunday yurganimdan ko‘ra o‘lganim yaxshi», deya baqira boshlaydi. Singlisini kuzatib turgan Dilshod undan nima bo‘lganini surishtiradi. Salima:

– Aka, u nomusimga tegdi. Meni kechiring, yashashni xohlamayman, deya vaziyatni tushuntirgan bo‘ladi.

Uyali telefon musiqasi yangray boshlaganida ko‘zi qonga to‘lgan aka «Sen tegma, o‘zim javob beraman», deya singlisiga imo qiladi.

— Ahmad, shu gaplar rostmi? Sen...sen singlimning nomusiga tegdingmi?

— Ha, nima gaping bor? Zo‘r bo‘lsang, «Asomiddin» to‘yxonasiga kel, yuzma- yuz gaplashamiz, – deydi Ahmad.

— Salima, nima qilib qo‘yding? Bizni sharmanda qilding-ku. Nimani o‘ylading, singlim, – deya alamdan arang o‘zini nazorat qilayotgan Dilshod ota-onasining to‘ydan qaytganini sezmay qoladi.

— O‘g‘lim, bu yerda nima bo‘lyapti? Nega bu ahvoldasan? Salima, nima gap?

— Men keldim, uka, yur, tashqarida gaplashib olamiz – deydi Dilshod ortiqcha shovqin ko‘tarmay. Ahmad ortiga qarab qocha boshlaydi.

Dilshod og‘ziga kelgan gap bilan Ahmadni haqorat qiladi, so‘ng qo‘lidagi telefonni uloqtiradi.

Otasining savollariga javoban, Dilshod, Ahmad bilan bo‘lgan voqeaning uchini chiqaradi. Yuragini changallagan ota «Qizim, elu yurt oldida sharmanda qilding-ku, endi qanday qilib bosh ko‘tarib yuramiz», degancha devorga suyanib qoladi va «Meni o‘ldirding, qizim, o‘ldirding!», deydi.

Otasining ahvolidan qattiq ta’sirlangan Dilshod shu tobda nima qilarini bilmasdi. «Asomiddin to‘yxonasiga kel, deganmidi, boraman, ta’zirini beraman. Nomusga tegish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman!».

Shu xayollar bilan Dilshod oshxona pichog‘ini ko‘ylagining yeng qismiga yashiradi. Ko‘chaga chiqib, tanishining «Damas» mashinasida to‘yxonaga yetib oladi.

Dilshod to‘yxonadan Ahmadni topa olmaydi. Endigina ortiga qaytib ketmoqchi bo‘lib turganida uning o‘zi Dilshodga ro‘baro‘ keladi.

Dilshod uni tutib olish uchun qo‘liga ilingudek biror nima qidiradi. Shu mahal yengining ichidagi pichoq otilib chiqadi-yu, Ahmadni jarohatlaydi. Pichoq ikki marta chap qo‘lning bilak sohasi, bir marotaba orqa tomondan qorin bo‘shlig‘ining chap tomoniga sanchiladi. Odamlar baqir- chaqiridan hushini yig‘ib olgan Dilshod nima qilib qo‘yganini anglab, qochmoqchi bo‘ladi. Ammo uni tutib olishadi.

To‘yxonada Ahmadga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Yigit zudlik bilan shifoxonaga olib ketiladi. Ahmad tirik qolgan.

To‘y bo‘ladi, ammo...

Sodir etilgan jinoyat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida Ahmad Meliboyev, Salima Shukurova bilan qay tariqa tanishgani, u bilan bir necha marotaba jinsiy aloqada bo‘lganini so‘zlab bergan. Uning ko‘rsatmasida aytilishicha, yigit otasi safardan qaytishi bilan qizning uyiga sovchi yubormoqchi bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng Ahmad va Salima unashtirilgan. Sudda, A. Meliboyev qizga uylanishi haqida ko‘rsatma beradi.

Oilalar o‘rtasida yuzaga kelgan yoqimsiz vaziyat yechimini topgan bo‘lsa-da, Dilshod Shukurov sodir etilgan jinoyatda aybli deb topilib, JKning 25, 97 – moddasi 2 – qismi «l» bandi bilan JKning 57 – moddasini qo‘llab yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bebosh qiz niyatiga yetdi, u endi seviklisi bilan turmush quradi. Ammo akasining qamalishiga sabab bo‘lgan singil baxtli bo‘la olarmikan? Akasi ozodlikka chiqqach, qanday qilib ko‘zlariga qaraydi? Kuyov-chi, u bu oilada hurmat topa oladimi? Bunisi bizga noma’lum. Bilganimiz, o‘ylamay tashlangan qadam bir inson umrining zavoliga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati hamda jinoyat ishlari bo‘yicha

Boysun tuman sudi sudyasi Jasur Xudoyberdiev bilan hamkorlikda tayyorlandi



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6819 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qamaldi, aka, Uchun, or–nomusi, Singil, yetti yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
HEBEPMOPE Xamma ayb qizda.!!!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное