Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Skype videoxabarlar almashish uchun Qik dasturini taqdim etdi
Skype maksimal uzunligi 42 soniya bo‘lgan videoxabarlar almashish dasturi — Qik’ni ishlab chiqdi. Bu haqda LookAtMe ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Dasturga telefon raqami orqali a’zo bo‘linadi va smartfon xotirasidagi kontaktlar bilan videoxabarlar almashish imkoni yaratiladi. Videolarni tasvirga olishda smartfonning old va orqa kamerasidan foydalanish mumkin.
Foydalanuvchi har biri 5 soniyadan iborat bo‘lgan 12 ta video tayyorlab qo‘yishi va ularni stiker yoki smaylik o‘rnida tezkor jo‘natishi mumkin. Dasturda videolarni yozib qo‘yish va kelajakdagi suhbatlar uchun ishlatsa ham bo‘ladi.
Smartfon xotirasidagi videolarni Qik dasturi orqali jo‘natib bo‘lmaydi. Qabul qilingan videolarni ham qurilma xotirasiga yuklab olishning imkoni yo‘q. Jo‘natilgan videolar esa smartfon xotirasida ikki haftagacha saqlanadi.  Dasturda guruh bo‘lib videoxabarlar almashish imkoniyati mavjud.
Qik dasturini Google Play, App Store va Windows Store’dan bepul yuklab olish mumkin.
 Manba:daryo.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2634 | Рейтинг: 1| Рейтинг: video, QIK, skype
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное