Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Zerda - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Video: Tungi klublar fohishaxonami?


Toshkent shahar Davlat soliq xizmati va IIBB iqtisodiy jinoyatlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Toshkent shahridagi tungi klublarda reyd o‘tkazildi. Bu haqda “Yoshlar” telekanali xabar bermoqda.

Telekanal reportajida Uchtepa tumani 24-mavzeda joylashgan tungi klubdagi holat tasvirlangan. Unda kattalar bilan bir qatorda voyaga yetmagan yoshlarning alkogolli ichimliklar ichib, chilim chakayotganini ko‘rish mumkin.

Bu kabi ishratxonalarda alkogol va tamaki mahsulotlari yoshiga qaramay barchaga birdek, bamayli xotir sotilyapti. Mehmonlar orasida ichib, chilim chakib, mast bo‘lib qolgan ayollar ham anchagina. Ular behayolarcha kiyinib, shunga yarasha harakatlar qilyapti.

Voqea joyida telekanal ijodkorlarini Milliy gvardiiya xodimlari qo‘riqlashiga qaramay, klubdagi bir guruh mast holdagi bezorilar kamera va tasvirchiga zarar yetkazgan.

Videotasvirda Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish va Yangishahar ko‘chalari kesishmasidagi tungi klub ham ko‘rsatilgan. U yerda ham o‘sha-o‘sha ahvolni ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, tungi klublar fohishalikni o‘ziga kasb qilib olganlarga mijoz topish uchun makon bo‘lib qolgani ta’kidlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Davlat soliq xizmati organlari Toshkentda faoliyat yuritayotgan 40 ga yaqin tungi klublarning daromadini yashirganini aniqlagan.

Tungi klublarning hammasi yagona soliq to‘lovchisi bo‘lib, 2018 yilning I yarim yilligida byudjetga 1,3 mlrd.so‘m yoki oyiga o‘rtacha 226 mln.so‘mdan soliq to‘lagan.

Xronometraj natijalari kechdan tonggacha ishlayotgan bunday sub’ektlarda eng kam hisobda tushumlarini o‘rtacha 4 barobargacha yashirilayotganligini ko‘rsatgan. Agar bu raqamlarni 6 oyga ko‘paytiradigan bo‘lsak, xaqiqiy tushum 54,2 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Biroq, korxonalar tomonidan hisobotlarda jami tovaraylanma summasi 13,6 mlrd.so‘mni tashkil etganligi ko‘rsatilgan, oradagi farq summasi esa 40,6 mlrd.ni tashkil qilgan. Bu 4,1 mlrd.so‘m soliqlar byudjetga to‘lanmaganidan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, erkin kurash ustasi, xalqaro toifadagi sportchi Jamshid Kenjaev 8 avgust kuni Toshkentdagi “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchilar bilan chiqqan janjal oqibatida vafot etgandi. Shundan so‘ng tungi klublarga nisbatan nazorat kuchaydi. Qotillik yuz bergan “Aurum 898” klubi faoliyati to‘xtatildi.

Sunnatilla Abdullaev


VIDEONI KO'RISH


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10886 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tungi klublar, video, Fohishaxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное