Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xorazmda YPX xodimi yo‘l o‘rtasida haydovchini to‘xtatib olgani aytilgan video bo‘yicha izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqda “YPX xodimi yo‘lning o‘rtasida haydovchini to‘xtatib olgan” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. YHXBB ushbu video bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021-yil 19-iyun kuni Xorazm viloyati IIB YHXB YPX xodimi E.J. Shovot tumanida joylashgan tibbiyot birlashmasi yaqinida xizmat olib borayotgan vaqtda yo‘lning qatnov qismida Cobalt rusumli avtomobil to‘xtab qolganini ko‘rgan va haydovchining oldiga borgan.

Haydovchi avtomobilida nosozlik borligini aytib, tez fursatda yurgizishini ma’lum qilgan. Taxminan, bir daqiqa vaqt ichida haydovchi avtomobilni yurgizib, yo‘lida davom etgan.

Mazkur holat atrofdagi noma’lum fuqaro tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda asl holatga mos bo‘lmagan izoh bilan tarqalmoqda.

“Tarmoqlarda o‘z obunachilariga ega bo‘lgan ayrim sahifa egalaridan har qanday holatni puxta va sifatli o‘rganmasdan turli izohlar bilan tarqatmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Bundan avval Surxondaryoda chaqiruv bo‘yicha ketayotgan tez yordam mashinasini o‘tkazmagan YPX xodimlari lavozimidan ozod etilgani, Sirdaryoda IIB xodimi fuqaroga kuch ishlatgani tasvirlangan video bundan uch yil oldingi voqea ekani hamda Gulistonda mast holda jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan shaxs 5 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3422 | Рейтинг: 0| Рейтинг: olgani, Xorazm, o‘rtasida, bo‘yicha, to‘xtatib, izoh, video, yo‘l, YPX, aytilgan, berildi, haydovchini, xodimi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное