Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Abdurahmonovga tegishli deb aytilayotgan behayo video bo‘yicha izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov aks etgani iddao qilingan video sizdirildi. Ushbu videoda shaxsning nojoiz harakatlari tasvirlangan bo‘lib, tasvirning bir qismi xiralashgan, hokim yuzi eng oxirida ko‘ringan. Holat yuzasidan viloyat hokimligi Matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur video ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda viloyat hokimining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda obro‘sizlantiruvchi haqoratomuz postlar e’lon qilingan. 

Hokimlikka ko‘ra, insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi ma’lumotlar tarqatganlik holati bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborilgan.

Hozirda qonunga xilof bunday ma’lumotlar tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hokimlikning eslatishicha, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 13-moddasiga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 

“Ushbu oliy qadriyatni buzganlik uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishdan olingani haqida xabar berilgandi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hokimning ishdan olinganini rad etdi.

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun, 14 aprel kuni  viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Paxtaobod tumanining Do‘stlik massivida 55 gektar maydondan iborat sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishgan.

 Shuningdek, hokim zonadagi ish sur’ati va sifatiga ahamiyat qaratgan holda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash borasida topshiriq va ko‘rsatmalar bergan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2155 | Рейтинг: 0| Рейтинг: DEB, aytilayotgan, video, tegishli, bo‘yicha, behayo, berildi, izoh, Abdurahmonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное