Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ishq Jodusi - All I want
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Smartfon 42 yoshli ayolning hayotini saqlab qoldi

Oddiygina smartfon ko‘pincha odamlarga asqatgani, kerak bo‘lsa hayotini qutqarib qolgani haqida ko‘plab voqealar uchrab turadi. Xuddi shunga o‘xshash holat 42 yoshli britaniyalik ayol Bet MakDermott bilan ham sodir bo‘ldi.

U hushini yo‘qotgan edi... 
Angliyadagi uyida bir o‘zi yashaydigan Bet MakDermott qoqilib ketib, zinadan yiqilib tushadi. Yuzi va boshini devorga qattiq urib olgani sabab yiqilgan joyida uch kungacha hushsiz qolib ketadi. Hushiga kelgach, o‘rnidan turib, yordam chaqiray desa, oyoqlari qimirlamayotganini sezadi. Negaki, bu yolg‘iz ayol suyak va harakatlanishni cheklovchi kasallik – rabdomioliz bilan kasallangan edi. O‘rnidan turolmagani sabab yordam kutish chorasizligini bilgan Bet smartfoni borligini eslab qoladi. Ammo bu telefonning quvvati allaqachon tugab bo‘lgandir, degan hadik bilan telefoniga intiladi. Axir, oradan naq uch kun o‘tib ketgan edida...

Biroq umidsizlikka tushmagan ayol yaqindagina sotib olgan HUAWEI Y6 smartfonini qo‘liga oladi va uning quvvati 3 kun o‘tib ketganiga qaramay, hanuz 50 foiz quvvatga ega ekanini ko‘radi. Ayol darhol “tez yordam”ga xabar beradi va uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazishadi. 
“Hayotimdagi qo‘rqinchli voqea...”
“Bu mening hayotimda sodir bo‘lgan eng qo‘rqinchli voqea edi. Men oradan uch kun o‘tsa-da tirik qolganimga ishongim kelmayapti. Agar yonimda shu telefonim bo‘lmaganida edi, nima bo‘lishini tasavvur ham qilolmayman. Uncha qimmat bo‘lmagan smartfonim umuman o‘chib qolgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim...”, deydi jabrlanuvchining o‘zi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2327 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hayoti, Smartfon, Ayol, 42 yosh, saqlab qoldi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное