Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sviristellar O‘zbekistonda qishlamoqda




Joriy qish faslida O‘zbekistonga chumchuqsimonlar turkumidan bo‘lgan sviristel o‘rmon qushlari uchib keldi, deb yozadi Gazeta.uz. Dekabr oyi avvalida «Jayron» ekomarkazi xodimlari ushbu qushlar galasini qayd etgan bo‘lsa, bir necha kunlar muqaddam Samarqand botanika bog‘ida ham xuddi shunday gala kuzatilgan, deb xabar berdi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Sviristellar — ko‘chmanchi qushlar bo‘lib, ular boshqa mamlakatlarga uzoq masofali parvozlarni amalga oshiradi. Yangi joylarni qidirib yo‘lga otlanganida ular noqulay ob-havo sharoiti tufayli ozuqa topish qiyinchiligiga duch kelishi mumkin.
Sviristellar hashoratlar, qurt-qumursqalar, daraxt kurtaklari bilan oziqlanadi, biroq rezavor va mayda mevalarni xush ko‘rib yeydi. Ornitologlar ularga xos yana bir jihatni aniqlagan: sviristellar badnafs qushlardan bo‘lib, ular yegan hamma ozuqalarning hammasi ham organizmda o‘zlashtirilmaydi. Yutilgan bir qism urug‘lar yerga tushib, o‘sib chiqadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3777 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chumchiq, qish, Sviristellar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Shuyam yangilimi?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное