Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til kunlari belgilandi


Oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2019—2020-o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilandi.

2019-yilning 22-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun qishki ta’til muddati o‘zgartirildi.

Bu haqda tegishli qaror O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ketadigan talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til paytida doimiy yashash joylariga borib-kelishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 5-dekabridan 22-dekabr kuniga qadar hamda 2020-yilning 1-yanvaridan 6-yanvariga qadar 50% chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvini yo‘lga qo‘yiladi.

Talabalar va o‘quvchilar bugundan imtiyozli yil chiptalarini xarid qilishlari mumkin.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, Transport vazirligi tomonidan

talaba va o‘quvchilar uchun qo‘shimcha joylar soni ko‘paytiriladi;

uch kun muddatda oliy ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan joylarda sayyor kassalar tashkil etiladi.

Qishki ta’til davomida OTMlar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mavjud bo‘lgan barcha to‘garaklar, sport-sog‘lomlashtirish bo‘limlari, seksiyalari va klublari to‘liq faoliyat ko‘rsatadi.

2020-yil 6-yanvar — dushanba o‘qishning birinchi kuni etib belgilandi.

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda 22-dekabrda o‘tkaziladigan saylov munosabati bilan talabalarning qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Talabalar o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun 2019—2020-o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilanishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2435 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uchun, kunlari belgilandi, qishki ta’til, o‘quvchilar, talaba
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное