Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Telegram bloklanganiga qarshi Moskvada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda


Rossiya poytaxti Moskva shahrida minglab odamlar telegramni bloklashga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 apreldan boshlab mamlakatda telegram messenjerini bloklash tartibi boshlangan.

Moskvada bo‘lib o‘tayotgan namoyishda 7,5 ming kishi ishtirok etayotgani qayd etildi. Ular qo‘llariga yozuvli bannerlarni ko‘tarib olishgan. Poytaxt aholisi telegram messenjerini qo‘llab-quvatlashlarini ta’kidlashmoqda.

Namoyish ishtirokchilari qog‘ozdan telegram ramzi bo‘lgan qushni yasab atrofga uchirishgan. Polisiya vaziyatni nazoratga olgan bo‘lib, namoyishlar chog‘ida tartib saqlangan va fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan.

Telegramni bloklash boshlanganidan so‘ng, ushbu dastur davlat xavfsizlik xizmatlariga shifrlangan xabarlarga kirish huquqini beruvchi sud qaroriga rioya qilishdan bosh tortgan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa zaruriy holat yuzasidan ayrim xabarlarga kirishi kerakligini ta’kidlamoqda. Dasturni bloklash jarayonida"Roskomnadzor" davlat nazorat punkti boshqa veb-saytlarga kirishni to‘xtatgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2402 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telegram, bo‘lib o‘tmoqda, qarshi, norozilik namoyishlari, bloklangan, moskva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное