Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. TisMarHan-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Telegram’da bir vaqtda bir nechta akkauntdan foydalanish imkoni paydo bo‘ldi

Telegram iOS va Android uchun ilovani yangiladi. Bu haqda kompaniya blogida aytilgan.

iOS uchun versiyada 4ta almashuvchi mavzular (tema) paydo bo‘lgan, shundan ikkitasi «tungi» qora rangli mavzular. «Kunduzgi» mavzular ham ilovaning asosiy rangini o‘zgartira oladi, bu o‘zgarish xabarlar yozish qismida ro‘y beradi.

Android foydalanuvchilari esa mazkur messenjerda endi bir nechta raqamlar orqali akkauntlar ochib, ularni bitta ilovada ishlatish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

Bu funksiya hozircha messenjerning Android tizimli qurilmalarga mo‘ljallangan beta-versiyasidagina mavjud. Ushbu ilovani mana bu havola orqali messenjerdagi Telegram Beta Blog kanalidan ko‘chirib olib o‘rnatish mumkin. Bunda u Play Market orqali o‘rnatilgan standart Telegram ilovasining o‘rniga joylashadi.

Ushbu beta-talqindagi klientni o‘rnatib olgach, unga uchtagacha akkaunt qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi. Menyu orqali ularning biridan boshqasiga o‘tish imkoni taqdim etiladi.

Ilovaning interfeysi mavzusi barcha akkauntlar uchun bitta bo‘ladi, har biri uchun alohida mavzu o‘rnatish imkoni yo‘q. Boshqa sozlamalar esa bitta Telegram ilovasidagi har bir akkaunt uchun alohida sozlanadi.

Telegram orqali yangi xabar kelgani haqida smartfon ekrani yuqorisiga chiquvchi bildirishnomalarda xabarning qaysi akkauntga kelgani ham aks etadi. Bu esa akkauntlarda chalkashliklarning oldini oladi.

Shuningdek, ikki platforma ham (iOS va Android) xabarlarga tezkor javob qaytarish imkoniyati bilan ta’minlandi — buning uchun ekranni chapga yurgizish kerak bo‘ladi.



Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5288 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telegram
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Asadbek2002 Telegram destkop versiyasi uchun ham huddi shunday imkoniyat bolsa zor bolardi!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное