Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Telegram’da videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi

Telegram’ning 6.3 beta-versiyasida suhbatdoshlar bilan videoqo‘ng‘iroq orqali suhbatlashish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Trashbox.

Funksiyani ishga tushirish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
Beta-sinov ishtirokchisiga aylanish;
“Sozlamalar” bo‘limining “shesternya”siga 10 marotaba bosish;
Hosil bo‘lgan Debug menyusida Expreimental Feature’ni ishga tushirish kerak.
Videoqo‘ng‘iroq interfeysi mikrofonni o‘chirib qo‘yish, kamerani frontaldan asosiyga o‘tkazish va qo‘ng‘iroqni o‘chirish tugmalariga ega bo‘lgan. Aloqani shifrlashda Emoji-koddan foydalaniladi.
Bundan tashqari, yangi beta-versiya avtomatik ravishda arxivga yuborish, yozishmalar amalga oshirilmagan foydalanuvchilardan keladigan xabarlarni o‘chirib qo‘yish, eski suratlardan avatar tanlash va videoni “suratdagi surat” rejimiga o‘tkazish kabi funksiyalariga ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Telegram’ning so‘nggi versiyasida videomuharrir, animatsiyali stikerlar qo‘shish, yaxshilangan GIF paneli kabi funksiyalar taqdim etilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4324 | Рейтинг: 0| Рейтинг: videoqo‘ng‘iroq, telegram, amalga oshirish, paydo bo‘ldi, imkoniyati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное