Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Ehtiyot bo‘ling! Telegram`da firibgarlar paydo bo‘ldi


“Telegram”da futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga pul tikishni taklif etayotgan firibgarlar guruhi paydo bo‘ldi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi xabar berdi. Mazkur idora barcha karta egalarini yanada hushyor bo‘lishga chaqirgan, deb yozmoqda mulohaza.uz.

Qayd etilishicha, shu kunlarda Telegram messenjeri orqali noqonuniy pul yig‘imlarini tashkillashtirgan guruh a’zolarining navbatdagi harakatlari aniqlangan va ularni bartaraf qilish choralari ko‘rilyapti.

Gap shundaki, messenjerda futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan joriy yilgi jahon chempionati o‘yinlari bashorati uchun pul tikishni taklif etayotgan guruh paydo bo‘lgan. Ularning a’zolari har bir futbol uchrashuvidan oldin, “kartadan kartaga pul o‘tkazish” xizmati orqali mablag‘ ko‘chirishga chaqirilgan.

Hatto Protsessing markazi mutaxassislari tomonidan bu boradagi noqonuniy harakatlarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rgunga qadar ushbu e’longa chuv tushganlar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni ayrim “bashoratchi” karta egalari ma’lum miqdorda pul o‘tkazishga ulgurgani ham qayd etildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish” nomli 278-moddasiga binoan noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkillashtirish hamda ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan qonunbuzarlarga nisbatan yetti yilgacha qamoq jazosi belgilanadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3140 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: firibgarlar, paydo bo‘ldi, Ehtiyot bo‘ling, telegram
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
slada Bir kami o`zi shu edi shundog`am xamma yerda firibgarlar ko`p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное