Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Test natijalarini e’lon qilish 18-19 avgustga qoldirildi(mi?)

604 ming nafar abiturient va ularning milliondan ziyod yaqinlari. Ayni kunlarda 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan test natijalari qachon e’lon qilinadi, degan savolga javob millionlab yurtdoshlarimizni qiziqtirib turibdi. 16 avgustda Davlat test markazi imtihonlar natijasi 17 avgust kuni e’lon qilinishini xabar bergan edik. Biroq hech qanday rasmiy izohlarsiz imtihon natijalarini e’lon qilish yana ortga surildi. Bu esa ko‘plab taxminlar, norasmiy va tasdiqlanmagan xabarlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.
Jumladan, huquqshunos bloger Xushnudbek Xudayberdiev o‘z blogida ana shunday xabarni e’lon qildi. Uning fikricha, abiturientlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani javoblar chiqadigan kunning biroz kechikishiga sabab bo‘lishi tabiiy. Masalan, o‘tgan yili 540 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirgan va javoblar 16 avgust sanasida e’lon qilingan edi. Joriy yilda esa, 605 ming nafar abiturient hujjat topshirdi. Bu o‘tgan yilgidan 65 ming nafarga ko‘p demakdir. Shu sababli garchi bugun 17 avgust bo‘lsa-da, ammo javoblar e’lon qilinmadi va buni to‘g‘ri tushunish kerak.
Bloger norasmiy ma’lumotlarga asoslangan holda test sinovlari ertaga, 18 avgust kuni e’lon qilinishini aytib, javoblarni bilishning 4-5 yo‘lini keltirib o‘tgan.
Biz esa Davlat test markazi qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslikdan ko‘ra imtihon natijalari har yilgidan kechiktirilayotganiga rasmiy izoh berib, uning aniq muddatini xalqqa e’lon qilishini maqsadga muvofiq, degan bo‘lar edik.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 13623 | Комментарии: 20 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Test natijalari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 20
BaBy_DiNoOo Ciqaqolsinda
Like | 0
shoxislom5758 20 ga diwdiku.
Like | 0
fedya8535 Hammaga omad òqishga kirishida
Like | 0
abbos1999 Xaliyam ciqmadimi javoblar talabalaga sabr tilayman
Like | 0
matunka Qachon chiqarkan Kim biladi
Like | 0
@Kamilla@ Sanoqli soniyalar...
Like | 0
islom566 Nega hali ham e'lon qilinmadi
Like | 0
Ramazonramazon Kutovurib chiqmasdan oldin infark bup qolaman shekilli
Like | 0
touch4841411 faqat sabr tilemiz mandat qachon chiqayam kirvogan bo`selar bo`ldiyu
Like | 0
sarbon1997 Hammaga omad illoyim uqiwlaga kirish nasib etsin hammamizga
Like | 0
2536789 kec ciqsayam nasib qisa kirib ketiluuu
Like | 0
begzod118 Qachon chiqarkan
Like | 0
NaTaLi Sabr qilila do'stlar! Sabr tagi sariq oltin deyishadiku
Like | 0
-Dilichka- Imtihon natijalari qachon chiqadi digan savolga hichqatdan javob topomiy yuregim qon böb ketudi. Bu xabarni öqib ancha tinchlandim. Bilmadim hamma abiturientla mani ahvolimdamikin lekin manimcha ulayam mandey hayajon bn javoblani kutiwvotkani aniq. Tarona.net super sayt!
Like | 0
omina1710 Bu yil xaqiqatdan ham kech chiqyapti avvalgi yili 15kuni kechasi chiqandi
Like | 0
4159548 Tög'ri rasmiy e'lon qilinmaguncha kimning gapiga iwoniwniyam bilmayapmiz axir bu test natijalarini sanoqli odam kutayotgani yöq wuncha hayajon qörquv b.n buni kutyapmiz, admin silaga raxmat, lekin test markazi b.n bog'laniwni ilojini qilsangiz yaxwi bölardi aniq malumotlar kutib qolamiz.
Like | 0
matunka Iloji bosa admin biliwila bn elon qilila iltimos
Like | 0
Qora_Atirgul1994 Sabr bardosh tilayman bulajak talabalar omadlaringni bersin.
Like | 0
4103413 kottakon raxmat admin borizga wkur :)
Like | 0
Oyatillo98 Nma disiz endi admin bosh dib bular kallani ko'tarib yurishipti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное