Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Saroy Javohiri - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Test sinovlari bir kunga surilishi mumkin


Bugun, 7-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov abituriyentlarni saralash davomida kuzatilayotgan vaziyatlar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalar, shuningdek jamoatchilik orasida tug‘ilayotgan ayrim savollarga oydinlik kiritdi, deya Xabardor.uz muxbiri xabar bermoqda.

-Kechagi test sinovlarida hammaga birdek qiziq bo‘lgan holat yuz berdi. Namangan viloyatida test jarayonida abituriyent shpargalka sifatida puldan foydalandi. Aniqlanishicha, abituriyent pulning yuza qismiga ixtiyoriy variantlarni yozgan va bu “hujjat”ga duo o‘qitib olgan. Abituriyentlar imtihondan qay tarzda bo‘lsa ham o‘tib olish uchun hamma yo‘llarni qilib ko‘rishmoqda. Birlari pasportning chip qismini kuydursa, yana biri hamma ma’lumotlarini o‘zgartirib boshqaning o‘rniga test sinovlariga kirishi kuzatilmoqda, dedi Diyorbek Qo‘chqorov.

Ma’lumot uchun, respublikadagi 66 ta binolarda 1-smena test sinovlari 08:00 dan boshlanib, 11:20 da to‘liq yakunlanmoqda.

Test sinovlarida bir smenada jami 35 ming 670 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Shundan 34 ming 779 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Tezkor maʼlumotlarga ko‘ra, bugun 882 nafar, 6-avgust kuni esa 1662 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmaganlar.

Bugun test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 9 nafar abituriyent hududga kirish joyida qoida buzgani uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

5-avgust kungi test sinovi natijalariga ko‘ra:

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball:
kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha - Toshkent moliya institutining Moliya ta’lim ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

Sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha:
Toshkent davlat agrar universitetining- O‘simliklarni himoya qilish ta’lim yo’nalishi 146.3 ball;
Kechki taʼlim shakli bo‘yicha:
Namangan davlat universitetining ona tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishda 130.6 ballni ko‘rsatmoqda.

Eslatib o’tamiz, Qurbon Hayiti munosabati bilan 11 avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga, aniqrog‘i hududlarda test sinovlari tugagan kunning ertasi kuniga ko‘chiriladi. Hozirda mazkur masala Hukumat doirasida ko‘rib chiqilmoqda va tez orada rasmiy qaror eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Boshqa kunga ko‘chirish jarayonlari faqat 11 avgust kuni testga kiradigan abiturientlarga taalluqli bo‘ladi. Boshqa kundagilar o‘zlari uchun belgilangan kunda test sinovlariga kirishi rejalashtirilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3733 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bir Kun, surilishi mumkin, test sinovlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное