Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Test sinovlarida jiddiy o`zgarishlar kutilayapti


“Oliy ta`lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo`yildi.

Hujjat loyihasiga ko`ra:

2019/2020 o`quv yili qabulidan boshlab:

- amaldagi tartibni o`zgartirgan holda oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida o`tkazish;

- eng yuqori ballning 30 foizi va undan yuqori ballni to`plagan abiturientlarga fanlar bo`yicha test sinovlari natijalari aks etgan, 3 yil muddatga amal qiladigan sertifikat berish hamda ularga uchtagacha ta`lim yo`nalishida tanlovda ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

2020/2021 o`quv yili qabulidan boshlab:

- test fanlari majmuasini ikki bo`limga ajratib, 1-bo`limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O`zbekiston tarixi, 2-bo`limga da`vogarlik qilinayotgan ta`lim yo`nalishiga mos ikkita fanni kiritish;

- yoshlarning ona tili bo`yicha savodxonligini oshirish va aniqlash maqsadida yozish ko`nikmalarini baholash uchun “O`zbek tili”, “Rus tili”, “Qoraqalpoq tili” fanlari bo`yicha alohida sinovlarni tashkil etish.

Shuningdek:

- abiturientlarning test sinovlari va tanlovda ishtirok etishi uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali ro`yxatdan o`tkazish tizimi bosqichma-bosqich yo`lga qo`yiladi;

- oldingi o`quv yillarida ta`lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining bir barobariga teng miqdorida yig`im undiriladi. Joriy yil bitiruvchilari uchun test sinovlari bepul asosda o`tkaziladi;

- test o`tkazilgan kunning ertasiga abiturientning fanlar bo`yicha test sinovidan umumiy to`plagan ballari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi;

- abiturientning sinov natijasi bo`yicha olgan bali tavsiya etishga etarli bo`lgan oliy ta`lim muassasasi (ta`lim yo`nalishi)da o`qish imkoniyati yaratiladi;

- o`zbek va qoraqalpoq tillaridagi test topshiriqlari faqat lotin alifbosida tayyorlanadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5764 | Рейтинг: 1| Рейтинг: jiddiy ozgarishlar, kutilayapti, test sinovlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное