Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga qo‘shimcha vaqt berildi
 
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga qo‘shimcha vaqt berildi

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28 iyul kuni soat 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

2022 yil 27 iyul kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga qaraganda, qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

Bildirilishicha, test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

27 iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra, test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28 iyul kuni soat 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 635 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Vaqt, abituriyentlarga, berildi, qo‘shimcha, amalga, oshirmagan, to‘lovni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное