Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jarima miqdori belgilandi

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan qator qonunlar va kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, to‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik BHMning 30 baravari (6 mln 690 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
To‘yxona, kafe va restoranlar egasi tomonidan ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur tartib Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4823 | Рейтинг: 0| Рейтинг: To‘y, o‘tkazish tartibi, buzganlik, jarima
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное