Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Tolibon” Kobul ko‘chalaridagi ayollarning suratlarini yo‘q qilishni boshladi

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati a’zolari Kobul ko‘chalarida qolgan yuzi ochiq ayollarning suratlarini yo‘q qilishni boshladi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati amaldorlariga tayanib, Aamaj News xabar berdi.

Kobul ma’muriyatining veb-saytida aytilishicha, ayni damda “g‘ayriislomiy fotosuratlar”ni o‘chirish jarayoni davom etmoqda.

“Tolibon” Afg‘oniston poytaxtini egallab olishidan oldin, masalan, to‘y salonlarining oynalariga yuzlari, soch va qo‘llari ochiq ayollarning suratlarini yopishtirish, hind va turk filmlari namoyish etiladigan kinoteatrlarning afishalariga aktrisalarning ko‘pincha ochiq kiyimdagi tasvirlarini tushirish juda keng tarqalgan amaliyot edi.

Bundan tashqari, shahar markazidagi beton devorlarga chizilgan ko‘plab tasvirlar, jumladan, qiz va ayollarning yuzi ochiq holdagi suratlari 20 yil davomida xorij qo‘shinlariga mezbonlik qilgan  Kobulning o‘ziga xos belgisiga aylangandi.

Afg‘oniston poytaxtini qo‘lga kiritgach, “Tolibon” jangarilari ayollar tasviri tushirilgan chizmalar va afishalarni bo‘yab tashlashni boshladi. Biroq keyinchalik bu jarayon to‘xtatilgan. Endi, aftidan, “Tolibon” poytaxt ko‘chalaridagi ayollarning suratlaridan butunlay xalos bo‘lmoqchi, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Tolibon” ayollar ishtirok etgan bir qator teledasturlarni efirga uzatishni taqiqlagandi. Shuningdek, toliblar Kobulda bir necha o‘n yillar davomida faoliyat yuritib kelgan tarixiy “Ariana” kinoteatrini yopishga qaror qilgandi. “Tolibon” hind, Yevropa va Amerika filmlari ko‘proq namoyish etiladigan kinoteatrlarning ishi shariat qonunlariga zid, degan xulosaga kelgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 959 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kobul ko‘chalaridagi, “Tolibon”, boshladi, qilishni, yo‘q, ayollarning, suratlarini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное