Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda — Financial Times
Usmonov fevral oyida, Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanganidan so‘ng darhol Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyaga uchragan. 

Ta’kidlanishicha, Usmonov sanksiyalar ostida qolgan 26 nafar rossiyalikdan biri bo‘lib, Ittifoq uni Rossiya prezidentining “sevimli oligarxlaridan” biri deb da’vo qilgan.Uning singlisi Gulbahor Ismoilova ham Usmonovning 600 million dollarlik “Dilbar” yaxtasi kabi ba’zi mol-mulklarining qonuniy egasi bo‘lganligi sababli sanksiyalarga uchragan.

Muhokamalardan xabardor ikki kishiga ko‘ra, Toshkent O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi rasmiylari o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvlarda sanksiyalar yuzasidan xavotir bildirgan. 

O‘zbekiston, agar Yevropa Ittifoqi cheklovlarni olib tashlash talablarini rad etsa, Usmonovga Bryusselga qarshi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sudga da’vo qilish uchun huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Nashrning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushdan oldin 20 milliard dollarga yaqin boyligi bo‘lgan Usmonov o‘zi tug‘ilib o‘sgan O‘zbekiston bilan yaqin aloqada bo‘lib kelgan. 

Toshkent unga qarshi sanksiyalar, jumladan, aktivlarini muzlatish va sayohatni taqiqlash o‘z boyligining bir qismini mamlakatga sarmoya kiritish imkoniyatini cheklaganini ta’kidlagan.

Biz O‘zbekiston hukumatining xatti-harakatlarini izohlay olmaymiz, ammo sanksiyalar haqiqatan ham sarmoyaviy va xayriya loyihalariga to‘sqinlik qilmoqda, — deydi Usmonovning matbuot kotibi.
Alisher Usmonov ham, uning singlisi Ismoilova ham o‘ndan ortiq boshqa rossiyalik oligarxlar qatori Yevropa Ittifoqi cheklovlari ustidan rasmiy shikoyat bilan murojaat qilgan.
Ammo ularga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga qaratilgan har qanday harakat Yevropa Ittifoqining barcha 27 a’zosi tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi kerak. 

Bu esa sanksiyalarga uchragan o‘nlab ikki millatli rossiyalik oligarxlar haqida ham shunga o‘xshash munozaralarni paydo qilishi mumkin, — deydi Yevropa Ittifoqining ko‘plab rasmiylari Financial Times nashriga.
Usmonovning yana bir singlisi Saodat Narziyeva sentabr oyida uning vakillari “yolg‘on ayblovlarga asoslangan” qarorlar ustidan muvaffaqiyatli shikoyat qilgani uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirilgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 647 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yevropa, bekor, nisbatan, Ittifoqidan, Financial Times, Alisher Usmonov, qilishni, O‘zbekiston, sanksiyalarni, so‘ramoqda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное