Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Banklar valyuta bera boshladi


Aprel oyidan boshlab jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan valyutani naqd shaklda olishlari mumkin. Xalqaro to‘lov kartalariga valyuta oldi-sotdisida ham jismoniy shaxslarning schyotlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etilgan, deb yozadi Norma.uz

2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3620-son qarorni ijro etish maqsadida ushbu yangiliklar joriy etildi, deya xabar beradi Markaziy bank.

Markaziy bankning eslatib o‘tishicha, mijozlar to‘lov kartalari orqali naqd valyutani bank kassasidan olayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat) asosida mijoz identifikatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, tijorat banklari naqd valyuta olinadigan bankomatlar sonini muntazam oshirib boradilar va joriy yil oxirigacha 1000 dan ortiq bankomat o‘rnatiladi.

Xalqaro to‘lov tizimlari qoidalariga muvofiq, bitta bank kartasidagi naqd mablag‘lar boshqa banklarda (bankomatlarda yoki to‘lov terminallarida) olinganda qo‘shimcha vositachilik haqi (odatda, olinayotgan summaning 1%i) ushlab qolinadi.

TIF Milliy banki, Hamkorbank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka bank, Agrobank, Orient finans bank, Aziya alyans bank, Qishloq qurilish bank va Ipak yo‘li banki xalqaro to‘lov kartalariga valyuta sotib olish va sotish imkonini beruvchi mobil ilovalarni ishga tushirdi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2731 | Рейтинг: 0| Рейтинг: valyuta, boshladi, banklar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное