Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekiston turoperatorlariga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi
 


O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasining 12.01.2017 yildagi 1165-5-son bilan ro'yxatdan o'tgan qarori bilan  “O'zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani olish qoidalari to'g'risidagi Nizom”ga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Endilikda naqd xorijiy valyutani O'zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo'lmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan mehmonxonalar va boshqa joylardagi xizmatlar uchun to'lov sifatida qabul qilinishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan mahalliy turistik operatorlar orqali xorijiy sheriklarning turistik xizmatlariga to'lov amalga oshirilishi mumkin.

Bu holatlarda rezident va norezidentlardan naqd xorijiy valyutani qabul qilish korxona va tashkilotlarning maxsus kassalarida, xorij valyuta tushumi inkassatsiyasi bilan o'rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4038 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Moliya vazirligi, valyuta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное